17. Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni ularning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi?
a) mehnat;
b) ishchi kuchi;
c) mehnat resursi;
d) jami ishchi kuchi;
18. Yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot va milliy daromad ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning qaysi darajadagi natijasini ifodalaydi?
a) mikro darajadagi;
b) mezo darajadagi;
c) makro darajadagi;
d)super-makro darajadagi;
19. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichini toping:
a) mehnat unumdorligi;
b) kapital unumdorligi;
c) foyda normasi;
d) yerning unumdorligi;
20. Quydagi omillardan qaysi biri mavjud texnologiyalarda ishlab chiqarish samaradorligi o‘sib borishini ta’minlaydi?
a) FTT yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish;
b) intensiv texnologiyalarni qo‘llash;
c) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
d) innovatsion rivojlanishga ustuvorlik berish;
21. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
markazdan boshqariladigan iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) natural xo‘jalik;
d) aralash iqtisodiyot;
22. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi?
a) to‘la bandlikni qanday ta’minlash mumkin?
b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
c) inflyatsiyadan qanday qutulish mumkin?
d) iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘batlantirish mumkin?
23. Iqtisodiy tizim nima?
a) jamiyatning asosiy yo‘nalishi;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish shakli;
c) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosi;
e) siyosiy va ma’naviy munosabatlardir.
24. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
a) ishlab chiqarishni reja asosida yurgazishga asoslangan;
b) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga asoslangan;
c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan;
d) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida tashkil etishga qaratilgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |