Orasidagi ayrim farqlar


PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA METODIKA


Download 104.5 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1533798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-мавзу очик дарс

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA METODIKA ORASIDAGI AYRIM FARQLAR


Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farklar mavjud bo‘lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metodika — biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmui. U alohida metodikalarga ajraladi. Pedagogika fani ma’lum o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi. Ular orasidagi farqlar quyidagi jadvalda keltirilgan.


Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi ayrim farqlar


Asosiy tushunchalar

Pedagogik texnologiya

Metodika

Ta’riflar

Pedagogik texnologiya — insonga oldindan belgi-langan maqsad bo‘yicha ta’-lim-tarbiyaviy ta’sir o‘tka-zish faoliyatadan iborat

Metodika — ma’lum o‘quv fani-ni o‘qitish hamda tarbiyaiiy ish-lar qonuliyatlarini tadqiq qi-ladi

Maqsad

Komil insonni shakllan-tirish

Alohida o‘quv fanlarini o‘qi-tish hamda tarbiyaviy ishlar-ning sifatli bo‘lishini ta’-minlash

Qullash miqyosi

Butun ta’lim-tarbiya ja-rayonida

Xususiy fanlarni o‘qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda

Vositalar

Barcha ta’lim-tarbiyaviy vositalar, xususiy meto-dikalar

Alohida o‘quv fanlarini o‘qi-tishda hamda tarbiyaviy ishlarda qo‘llaniladigan vositalar

Pedagogik jarayon

Ta’lim va tarbiya texnolo-giyasi asosida. Ta’lim menejmenti va mar-ketingi asosida. Ta’lim-tarbiya sohasidagi eng ilg‘or tajribalarni umumlashtiruvchi loyihalar asosida rivojlanib boradi. Yetarli tayyorgarlikka ega mutaxassislar tomonidan qo‘llanganda o‘zaro o‘xshash natijalar olinishi ta’-minlanadi.

Ta’lim-tarbiya metodikasi aso-sida ijodkor o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalariga tayanib rivojlanadi. Xususiy tajri-balar asosida boyitib boriladi. Bir muallifning ilg‘or pedagogik tajribasini hamma pedagoglar aynan qo‘llay olmaydilar. Bunda natijalar har kimda har xil bo‘ladi. Pedagogik texnologiyaning tar- kibiy qismi hisoblanadi

Nataja kafolati

Oldindan belgilangan maq-sadga erishish kafolati bor

Oldindan belgilangan maqsadga har bir o‘qituvchi o‘z imkoni-yatlariga muvofiq turli dara-jada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi.Asosan ijodkor o‘qituvchilargina yaxshi natijaga erishadilar.

Kelib chiqishi

Xususiy metodikalarning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan

Ta’lim-tarbiyaning turli xusu-siy masalalarnni hal qilish zarurati natijasida kelib chiq-qan

Ushbu farklar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin: „Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo‘g‘ib tashlamagani deyarli mo‘jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni, qiziquvchanlik) rag‘batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo‘qsa, u shaksiz, mahv bo‘ladi" (A. Eynshteyn).
Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
“Pedagogik texnologiya" tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o‘qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farklar mavjud.
Texnologiyalarda ko‘proq protsessual, mikdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo‘naltiruvchi tomonlari ko‘proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o‘zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg‘unligi, ko‘plab „agar"lar (agar o‘qituvchi iste’dodli bo‘lsa, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, agar yaxshi ota-onalar bo‘lsa...) yo‘qligi bilan farq qiladi.
Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamma mutaxassislar tomonidan qayta tiklash va qo‘llash mumkinligi bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi.
Metod — biror harakatni amalga oshirish yo‘li, usuli yoki ko‘rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo‘li deb, bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan bir nechta yo‘ldan oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo‘lga aytiladi. Masalan, savod o‘rgatish yo‘llari: oilada o‘rgatish, maktabda o‘rgatish, bog‘chada o‘rgatish, o‘qituvchi yordamida o‘rgatish, kitoblar, kompyuter, ko‘rgazma qurollar va boshqalar vositasida o‘rgatish. Shunga o‘xshash sanoqni, arifmetik amallarni o‘rgatishda ham yuqoridagiga o‘xshash yo‘llardan foydalanish mumkin. Shu yo‘llardan foydalanib harakatni amalga oshirishda turli usullar qo‘llaniladi.
Harakatni amalga oshirish usuli deb, tanlangan ma’lum yo‘ldan foydalangan holda oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun qo‘llanadigan harakat usullariga aytiladi. Bular, oilada, bog‘chada, maktabda savod o‘rgatishni amalga oshirishda o‘qituvchining, tarbiyachining qo‘llaydigan ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim-tarbiya vositalarini belgilangan maqsadga muvofiq qo‘llash usullarini o‘z ichiga oladi. Shunga o‘xshash arifmetik amallarni o‘rgatish yuzasidan tanlangan har bir yo‘l ham o‘ziga xos usullarni qo‘llashni nazarda tutadi.
Demak, har bir harakat ma’lum yo‘l bilan va shunga muvofiq usulda amalga oshiriladi.
Biror harakatni amalga oshirish ko‘rinishi deb, shu harakatni batafsil tasvirlovchi ko‘rinishga aytiladi. Bunda harakatning yo‘nalishi, yo‘nalish o‘zgarishi, tezligining ortishi, sekinlashuvi, to‘xtashlari, bir nechta harakatning bir vaqtda bajarilishi yoki ularning oraliqlari, harakat nati-jasida shakllar, fazoviy holatlar, ranglar, qattiq-yumshoqlik, sirtlarning tekisligi yoki g‘adir-budurligining o‘zgarishi va boshqa kuzatish mumkin bo‘lgan turli harakat ko‘rinishlari nazarda tutiladi.
Hozirda metodlar, metodikalar va texnologiyalar bitta tushuncha sifatida idrok qilinmoqda. Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba’zan metodika texnologiyalar tarkibiga kirib qoladi, ba’zan esa aksincha.
Pedagogik texnologiya o‘quv jarayoni (ya’ni o‘qituvchining, o‘quvchining faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko‘p darajada bog‘langan.

Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling