Organik kimyoni endi boshlaganlar uchun maslahatlar
Download 1.93 Mb.
|
Organika nazarya tayyori (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`yingan yog` kislotalar
- Nomlanishi
73 | Yog`lar, nomlanishi
Yog`lar glitserinning organik kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari sanaladi. Glitserin uch atomli spirt bo`lgani uchun, bir vaqtda o`ziga 3 ta organik kislotani biriktiradi. Yog`ni tuzilishini birinchi marta Shevrel aniqlagan.Bertlo 1-marta sintez qilgan. To`yingan yog` kislotalar(qattiq yog`lar-hayvon yog`lari;baliq yog`i –suyuq): C15H31COOH –palmitin kislota C17H35COOH –stearin kislota To`yinmagan yog` kislotalar(suyuq moylar-o`simlik moylari;kokos moyi qattiq): C17H33COOH olein kislota C17H31COOH linol kislota C17H29COOH linolen kislota Nomlanishi: -kichik kislota radikalidan boshlab kattasiga qarab aytiladi - bir xil bo`lsa uchchala radikal ham tri- qo`shimchasi qo`yib aytiladi Olein triglitseridi Butirooleostearin triglitseridini(Glitserinning butirooleostearati) 74 | Yog`lar gidrolizi 1. Yog`lar parchalanganda uglevod yoki oqsillarga qaraganda 2 barobar ko`p energiya ajralib chiqadi. 2. Yog`lar organizmda maxsus fermentlar yordamida parchalanadi. 3. Yog`lar glitserin va karbon kislotalariga parchalanadi va shu holda organizm tomonidan o`zlashtiriladi. Yog`larning bunday parchalanishi gidroliz reaksiyasiga misol bo`ladi. 4. Yog`larning gidrolizidan sanoat miqyosida foydalaniladi. Maxsus avtoklavlarda, yuqori bosim va temperatura hosil qilinadi. Bu avtoklavlarda yog` glitserin va karbon kislotalarga parchalanadi. Yog`larni ishqoriy muhitda parchalasak, glitserin bilan birga sovun olish mumkin. Bunda odatdagidek, avval glitserin va karbon kislotalar hosil bo`ladi. Aralashmada ishqor (masalan NaOH) ham bo`ladi. Natijada kislotalar bu ishqor bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Aynan shu tuz sovun deb ataladi. Sovunlar ikki xil bo`ladi: 1. Qattiq sovun – Natriy ishqori asosida olinsa. (Bundan atir sovun va kir sovun olinadi) 2. Suyuq sovun – Kaliy ishqori asosida olinsa. Karbon kislotaning natriyli tuzi hidsiz va deyarli rangsiz bo`ladi. Sovunlardagi rang va yoqimli hid ularga bo`yovchi va hid beruvchi qo`shimchalar qo`shish orqali hosil qilinadi. 5. Sanoat miqyosida qattiq yog`larga bo`lgan talab yuqori. Shuning uchun avvaldan yog`lardan qattiq yog` olish borasida izlanishlar olib borilgan. 6. Suyuq yog`lar tarkibida to`yinmagan kislotalar bo`ladi. Qattiq yog`lar tarkibida bo`lsa to`yingan kislotalar mavjud. Agar suyuq yog`ni vodorod yordamida gidrogenlasak, ya`ni ular tarkibidagi to`yinmagan kislotalarni to`yintirsak, ular qattiq holatga o`tadi: |75-82 | Bu mavzularni 10-sinf maktab darsligidan to`liq o`qiysiz. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling