Organik kimyoni endi boshlaganlar uchun maslahatlar


Organik kimyoga yangi fan sifatida qaramang !


Download 1.93 Mb.
bet2/21
Sana28.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1689210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Organika nazarya tayyori (1)

Organik kimyoga yangi fan sifatida qaramang !
Shunchaki yuqoridagi anorganik moddalarda bajargan amallarimizni endi organik moddalarda bajarib ko`ramiz. Faqatgina hozir organikada ayrim tushunchalarni bilmaymiz xolos. Agar organik moddalarni nomlanishini, strukturasini va reaksiyalarini o`rganib olsak. Organik moddalarda gibridlanish, bog`lanish, eritma, oksidlanish darajasini topishlarda va boshqa umumiy kimyo bo`limi mavzularida deyarli katta qiyinchilik bo`lmaydi. Chunki buni ilmini olgansiz. Ya`ni siz yuqoridagi mavzularni yaxshi o`zlashtirgan bo`lsangiz organikada masala ishlashda qiynalmaysiz. Chunki hamma mavzu deyarli shunday. Buni darslarimiz davomida har bir mavzuda alohida ko`rib chiqamiz.


Organik kimyoni anorganik kimyoga bog`lab o`rganamiz !
Anorganik moddalarda eslasangiz 4 ta asosiy sinf (oksid, asos, kislota va tuzlarni) o`rgangan edik. Organik kimyoda ham xuddi shunday sinflar bor. Faqat soni ko`proq va reaksiyalari xilma-xil. Lekin sizda buni o`rganishga nisbatan ko`nikma paydo bo`lgan. Faqat darslarda qanday tushuntirib o`tgan bo`lsam xuddi shunday o`rganishga harakat qiling. Kirish darslari va birinchi uglevodorodlar qismi eng muhimi hisoblanadi. Anorganik moddalarning eng muhim sinflarini 1-marta o`rganganingizni eslab ko`ring juda ko`p vaqt sarflagansiz va mashaqqat chekkansiz. Organikani dastlabki sinflarida ham xuddi shunday bo`ladi. Jon kuydirmasang kimyoni o`rganish qayerda ). Biz sizga oson va qulay usulda Alloh organikadan manga qancha ilm bergan bo`lsa, shu orqali tushuntirib berishga harakat qilaman.

1.1 Organik moddalarning qisqacha tarixi. Anorganik moddalardan organik moddalarning farqi.


Nazariy mustaqil o`qib chiqish uchun mavzu!!!

1807-yil Berselius o`simlik va hayvonlardan ajratib olingan moddalarni organik modda deb atadi.U bu moddalarni qandaydir “hayotiy kuch” vositasida hosil bo`ladi deb qaragan va vitalistik (vita –hayot , lis- kuch) ta`limotiga asos soldi. U vaqtda organik moddalarni labaratoriya sharoitida sintez qilib bo`lmaydi deb fikr bo`lgan.


1824 – yilda Vyoller ditsiandan oksalat kislotani olgan:
2C+N2 N≡C-C≡N (ditsian)
N≡C-C≡N → HOOC-COOH (oksalat kislota) + NH3
1828 – yi lda Vyoller mochevinani sintez qildi.
KCN + O2 → KOCN
KOCN + (NH4)2SO4→2NH4OCN + K2SO4
NH4OCN → (NH2)2CO
1842 – yilda N.N.Zinin benzoldan anilinni sintez qilgan.
C6H6 +HNO3→C6H5NO2
C6H5NO2 →C6H5NH2
Kolbe va Franklendlarning sirka kislotasini sintez qilgan.
1854 – yilda Bertlo yog`ni olgan.
1861-yilda Butlerov 6HCOH C6H12O6
Vyoller Berseliusga yozgan xatida: “Organik kimyo hozir har qanday kishini ham aqldan ozdirishi mumkin. U, mening nazarimda, hayratda qoldiradigan narsalarga to`la, zich o`rmonga, kirishga kishi jur`at eta olmaydigan va kirib qolgan odam chiqa olmaydigan cheksiz changalzorga o`xshaydi”

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling