Organik kimyoni endi boshlaganlar uchun maslahatlar


Organik moddalarni alohida fan sifatida organik kimyo bo`lib ajralib chiqish sabablari


Download 1.93 Mb.
bet3/21
Sana28.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1689210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Organika nazarya tayyori (1)

Organik moddalarni alohida fan sifatida organik kimyo bo`lib ajralib chiqish sabablari.

Organik moddalar

Anorganik moddalar

10 mlndan ziyod ( ba`zi manbalarda 40 mln ).
Sababi uglerod har xil zanjir hosil qilib biladi. -C-C-C-C-C-C-C-C-

500 000 ga yaqin

Yonganda CO2 va H2O ni hosil qiladi.

Ko`pchiligi yonmaydi. Yongan taqdirda ko`p holatda qattiq qoldiq qoladi.

Suyuqlanish va qaynash temperaturalari nisbatan past.

Suyuqlanish va qaynash temperaturalari nisbatan yuqori

Beqaror. Harorat ta`sirida oson o`zgaradi.

Nisbatan ko`pchiligi barqaror.

Dissosiyalanmaydi. Noelektrolit.

Ko`pchiligi dissosiyalanadi.

Reaksiyalar nisbatan sekin boradi.
Sababi kovalent bog`li moddalar

Nisbatan tezroq boradi.

Izomeriya mavjud

Izomeriya deyarli uchramaydi.


1.2 Organik kimyo fani. Moddalarning sinflanishi.


02 | Uglevodorodlar
Organik kimyo fani:
a) organik moddalarni tashkil etuvchi uglerod birikmalarini o`rganadigan fan yoki
b) uglevodorodlar va ularning hosilalarining tuzilishi, olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o`rganadi.

Organik birikmalar tarkibida ugleroddan tashqari ko`pincha vodorod, kislorod, azot ba`zan oltingugurt, fosfor, galogenlar va ayrim metallar bo`ladi.





!!!Azot saqlovchi organik birikmalar tarkibida ham O bo`lishi mumkin.
Uglevodorodlar C-C atomlari orasida bog`lanish turiga qarab to`yingan va to`yinmagan bo`lishi mumkin.




To`yingan uglevodorodlar: C-C orasida faqat σ bog` mavjud.
To`yinmagan uglevodorodlar: C=C, C≡C orasida π bog` (qo`sh bog` yoki 3 bog` holatda) mavjud.


Uglevodorodlar ochiq va yopiq zanjirli bo`lishi mumkin.
Ochiq zanjirli: C zanjirining 1-uchi bilan 2-uchi tutashmagan holatda ochiq bo`ladi.
Yopiq zanjirli(halqali): C zanjirining 1-uchi bilan 2-uchi tutashgan holatda bo`ladi.



Uglevodorodlar

Umumiy formulasi

1-vakilida n=?

Birinchi vakili

Bog` turi

Alkanlar

CnH2n+2

n=1

CH4

Faqat σ

Sikloalkanlar

CnH2n

n=3

C3H6

Faqat σ bog`

Alkenlar

n=2

C2H4

1 ta qo`sh bog` va qolganlari σ bog`

Alkadiyenlar

CnH2n-2

n=3

C3H4

2 ta qo`sh bog` va qolganlari σ bog`

Alkinlar

n=2

C2H2

1 ta uch bog` va qolganlari σ bog`

Arenlar

CnH2n-6

n=6

C6H6

3 ta qo`sh bog` va qolganlari σ bog`

Arenlar – aromatik birikmalarning 2 – nomi.
Bir sinfga kiruvchi xossalari o`xshash bo`lgam tarkibi bir – biridan CH2 – guruh bilan farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Gomologlar keltirilgan qatorni gomologik qator deyiladi.

Alkanlar

Sikloalkanlar

Alkenlar

Alkadiyenlar

Alkinlar

Arenlar

CH4

C3H6

C2H4

C3H4

C2H2

C6H6

C2H6

C4H8

C3H6

C4H6

C3H4

C7H8

C3H8

C5H10

C4H8

C5H8

C4H6

C8H10

C4H10

C6H12

C5H10

C6H10

C5H8

C9H12

C5H12

C7H14

C6H12

C7H12

C6H10

C10H14

C6H14

C8H16

C7H14

C8H14

C7H12

C11H16



03 | Organik moddalarning tuzilish nazariyasi:
1861-yilda Butlerov taklif etgan.

Murakkab moddalarning kimyoviy tabiati shu modda tarkibiga kiruvchi oddiy qismlarning tabiati va kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi.




Nazariyaning asosiy xulosalari:
1) Organik moddalarni tashkil etgan barcha atomlar o`z valentliklariga muvofiq ma`lum izchillikda birikkan bo`ladi. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi.

Organik birikmalarda doimo

Uglerod

IV valentli

Kislorod

II valentli

Vodorod

I valentli

Azot

III – IV valentli

C3H6O
H H H C H H H H
| | | | | | | | O
C-C-C=O-H H-C-C=O H-C-C-C ✅
| | | | | | | H
H H H H H H H
2) Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo`lishigagina emas, balki ularning qanday tartibda birikkanligiga ham bog`liq bo`ladi. Bu xulosa organik moddalarda ko`p uchraydigan izomeriya hodisasini tushuntirib beradi. Izomeriya haqida ozroq keyin to`liqroq gaplashamiz.

Izomerlarda

Tarkib

Bir xil

Massa

Bir xil

Tuzilish

Xar hil

Xossalar

Xar hil

Quyida 2 ta C2H6O tarkibli moddalar tuzilishi keltirilgan . Tarkibi va massasi bir xil. Tuzilishi va qaysidir xossalari farq qiladi.

Etanol

Dimetil efir

C2H6O

C2H6O

46 g/mol

46g/mol

CH3-CH2-OH

CH3-O-CH3

Suyuq

Gaz

Natriy bilan reaksiya kirishadi

Natriy bilan reaksiyaga kirishmaydi

3) Berilgan modda tuzilishiga ko`ra xossalarini , xossalariga ko`ra tuzilishini aytish mumkin.


Butlerovgacha moddaning xossalariga qarab moddani qaysi ekanligini aytib bo`lmagan. Lekin Butlerov bu ikki holatni ham isbotlab bergan. (Yuqoridagi moddalarni xossalari bilan misol qilsa bo`ladi.
4) Modda molekulasi tarkibidagi atomlar yoki atomlar guruhi bir-biriga ta`sir etadi.
O
CH3-CH2-OH Na-OH CH3-C
O-H
C2H5OH – neytral. NaOH – kuchli asos. CH3COOH – kislota.
Ko`rib turganingizdek bir xil guruh bo`lgani bilan atomlar guruhi bir – biriga ta`sir ko`rsatganligi uchun xossalari bir – biridan farq qilayapti.
5) Kimyoviy reaksiyalarda modda molekulasini tashkil etgan barcha atomlar emas, balki ayrim atomlar yoki atomlar guruhi ishtirok etadi.
C2H5OH + Na = C2H5ONa+H2
Bu reaksiyada faqat gidroksil(OH) guruhidagi vodorod natriy metali bilan almashinadi, qolgan vodorod atomlariga natriy ta`sir qilmaydi.

04 | Organik moddalarni o`zimizga qulayroq qilib uchta usuldan birida yozsak bo`ladi.
1) kengaytirilgan
2) qisqartirilgan
3) Bog`lar yordamida( qora⚫️ lar uglerodlarni bildirsin deb chizdim, aslida yozilmaydi. Shu joyda uglerod bo`ladi.)

H H H H H H


C6H14 1) | | | | | | 2) 3)
H−C−C−C−C−C−C−H a) CH3−CH2−CH2−CH2−CH2−CH3
| | | | | | b) CH3CH2CH2CH2CH2CH3
H H H H H H

H
|
H-C-H
H H H H H CH3
C7H16 1) | | | | | 2) | 3)
H−C−C−C−C−C−C−H a) CH3−CH2−CH−CH2−CH2−CH3
| | | | | | b) CH3
H H H H H H |
CH3CH2CHCH2CH2CH3
c) CH3CH2CH(CH3)CH2CH2CH3
E`tibor bergan bo`lsangiz yuqoridagi jadvalda arenlarni yozmadik. Sababi har doim ularda birinchi vakili benzol halqasi asosiy zanjir bo`ladi. C6H6


05 | Uglevodorodlarda asosiy zanjirni aniqlash:
Uglevodorodlar C va H dan tashkil topgan ekanligini bildik. Demak, uning tuzilishida ham C va H o`zaro bog`lar orqali birikadi. Lekin qanday? Aytgancha uglerod organik birikmalarda IV valentli bo`ladi.
Javob oddiy: Uglevodorodlarni 2 qismdan tashkil topgan deb tasavvur qilish kerak.
1) Asosiy uglerod zanjiri
2) va unga birikkan vodorod va radikallar (agar hosilalari bo`lsa OH , Cl , NH2, NO2, Br, F, I, kabi funksional guruhlar ham birikishi mumkin)
Keling birinchi bo`lib ochiq zanjirli birikmalar uchun ko`rib chiqaylik. Biz asosiy uglerod zanjiri nima ekanligini tushunib olishimiz juda muhim.
H H H H H H H H H H H
| | | | | | | | | | |
H-C-C-C-C-C-C-C-C-C-C-C-H
| | | | | | | | | | |
H H H H H H H H H H H
Yuqoridagi birikmada asosiy uglerod zanjirini va unga birikkan vodorodlarni ko`rishingiz mumkin. Va bu uglevodorod tarmoqlanmagan holatda turibdi. Chunki uglerod ketma-ketlikda to`g`ri ulangan.

H H H CH3 H H H H H H H


| | | | | | | | | | |
H-C-C-C – C – C -C-C-C-C-C-C-H
| | | | | | | | | | |
H H H H H H H H H H H
Yuqoridagi birikmada asosiy uglerod zanjirini va unga birikkan vodorod va radikalni ko`rayapsiz. Va bunda radikal ham borligi uchun tarmoqlangan holatga o`tayapti.

Tushundingiz deb o`ylayman. Eng ko`p uglerodlardan tashkil topgan C-C zanjiri asosiy uglerod zanjiri deb ataladi. Va unga birikkan va kamroq C lardan tashkil topgan qismlar esa radikallar deb ataladi.


Biz yuqoridagi moddada faqat bitta CH3– radikali misolida ko`rib chiqdik. Radikallar ko`proq va C lar soni va tuzilishi ham har xil bo`lgan radikallar bo`lishi mumkin (C2H5–, C3H7–… ).
Radikal nimaligi haqida ozroq keyin tushuncha berib o`taman. Hozir yana bir ikkita misol ko`ramiz.Yuqoridagi ikki holatda ham to`yingan va ochiq zanjirli uglerodlar uchun ko`rdik.
Ana endi esa to`yinmagan uglevodorodlar bo`lsachi?

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling