Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi


Download 1.06 Mb.
bet10/44
Sana10.06.2020
Hajmi1.06 Mb.
#116905
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
Amaliy mashg'ulotlar Qurilish


1.39. Oksidlar tarkibiga kiruvchi elementlarning massa ulushlari mos ravishda quyidagicha a) S=50,0%, b) Mn=49,6%, c) C=42,8%, d) Pb=86,6%, e) Cu=80,0 % bo‘lsa, ularning eng oddiy formulalarini toping. (Javob: a – SO2; b – Mn2O7; c – CO; d – PbO2; e – CuO).

1.40. Tarkibi quyidagicha bo‘lgan gidroksidlarning eng oddiy formulalarini toping:

a) Mn=61,8 %, O=36,0 %, H=2,3 %;

b) Sn=77,7 %, O=21,0 %, H=1,3 %;

c) Pb=75,3 %, O=23,2 %, H=1,5 %.

(Javob: a – Mn(OH)2, b – Sn(OH)2, c – Pb(OH) 4).

1.41. Tarkibi quyidagicha bo‘lgan kislotalarning eng oddiy formulalarini toping:

a) H=0,021, N=0,298, O=0,681;

b) H=2,4%, S=39,1%, O=58,5%;

c) H=3,7%, P=37,8%, O=58,5%.

(Javob: a – HNO2; b – H2SO3; c – H3PO3).

1.42. Tarkibi quyidagicha bo‘lgan tuzlarning eng oddiy formulalarini toping:

a) N=35,0 %, O=60,0 %, H=5,0 %;

b) Mg=9,9 %, S=13,0 %, O=71,4 %, H=5,7 %;

c) K=39,67 %, (Mn=27,87 %, (O=32,46 %.



(Javob: a – NH4NO3; b – MgSO4·7H2O; c – K2MnO4).

1.43. Tabiiy marvaridda kalsiy, uglerod va kislorodning massa nisbatlari 10:3:12. Marvaridning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi?

Yechish: Masalani yechish uchun massa nisbatga to‘g‘ri keladigan qiymatni har bir atomning nisbiy atom massasiga bo‘lamiz:

Demak, marvaridning eng oddiy formulasi CaCO3 ekan.



1.44. Chumoli kislotada vodorod, uglerod va kislorodning massa nisbatlari 1:6:16. Bu moddaning eng oddiy formulasini toping. (Javob: HCOOH).

1.45. Temir oksidida temir massasining kislorod massasiga nisbati 7:3 bo‘lsa, oksidning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi? (Javob: Fe2O3).

1.46. Oltingugurt oksidida oltingugurt atomi massasining kislorod atomi massasiga nisbati 2:3 bo‘lsa, shu oksidning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi? (Javob: SO3).

1.47. 20 g massali oltingugurt 30 g massali kislorodga to‘g‘ri kelsa, shu oksidning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi?

Yechish: Masalani yechish uchun nisbat tuziladi va har bir elementning modda miqdorlari topiladi: 0,625:1,875=1:3. Demak, oksidning formulasi: SO3.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling