Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi


Download 1.06 Mb.
bet11/44
Sana10.06.2020
Hajmi1.06 Mb.
#116905
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
Amaliy mashg'ulotlar Qurilish


1.48. 18 g massali alyuminiy 6 g massali uglerod bilan birikma hosil qilgan bo‘lsa, shu moddaning eng oddiy formulasini toping. (Javob: Al4C3).

1.49. Oksid tarkibidagi 12,8 g misga 1,6 g kislorod to‘g‘ri keladi. Shu oksidning eng oddiy formulasini toping. (Javob: Cu2O).

1.50. Oksid tarkibida 16,8 g temir va 6,4 g kislorod borligi ma’lum bo‘lsa, uning formulasi qanday bo‘ladi? (Javob: Fe3O4).

1.51. Massasi 49 g bo‘lgan oltingugurtning xlorli birikmasida 6,4 g oltingugurt va 42,6 g xlor bor. Shu moddaning formulasi qanday? (Javob: SCl6).

1.52. Natriy sulfat kristallgidrati Na2SO4.xH2O tarkibida 55,9 % H2O bor. x ni toping.

Yechish: Masalani yechishda Na2SO4 va H2O ning massa ulushlarini ular molekulyar massalariga bo‘lamiz: (Na2SO4)x(H2O)y va Demak, n=10 ekan.

1.53. Temir (II) sulfat (FeSO4.xH2O) kristallgidrati tarkibidagi suvning massa ulushi 0,453 ga teng bo‘lsa, x ni toping. (Javob: n=7).

1.54. Cr2(SO4)3.xH2O tarkibidagi suvning massa ulushi 0,4525 bo‘lsa, x topilsin. (Javob: 18).

1.55. K2S.xH2O da suvning miqdori 45 % bo‘lsa, uning formulasi tarkibidagi x qanchaga teng. (Javob: x=5).

1.56. Natriy gidrofosfat (Na2HPO4.xH2O) kristallgidrati tarkibida 65,67 % kislorod bo‘lsa, kristallgidrat tarkibidagi x ning qiymati nechaga teng?

Yechish: Moddaning molekulyar massasini quyidagi formulalar yordamida hisoblaymiz:

Mr=1Ar(Na)+Ar(H)+Ar(P)+2Ar(O)+x[3Ar(H)+4Ar(O)]:

va Mr=142+18x.

Bu ikkala qiymat teng bo‘lganligi uchun ularni



tarzda yozib, tenglamani yechsak: x=7 bo‘ladi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling