Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi


NaPO3 tarkibidagi elementlar atomlarining massa ulushlarini toping. (Javob: Na - 22,55 %; P -30,39 %; O - 47,06 %). 1.29


Download 1.06 Mb.
bet8/44
Sana10.06.2020
Hajmi1.06 Mb.
#116905
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Amaliy mashg'ulotlar Qurilish


1.28. NaPO3 tarkibidagi elementlar atomlarining massa ulushlarini toping. (Javob: Na - 22,55 %; P -30,39 %; O - 47,06 %).

1.29. Na2S2O3 tarkibidagi elementlarning massa ulushlarini toping. (Javob: Na - 29,11 %; S - 40,51 %; O - 30,38 %).

1.30. Magniy sulfat kristallgidrati (MgSO4·7H2O) tarkibidagi suvning massa ulushini toping. (Javob: 51,22 %).

1.31. Tarkibida 35 % FeO va 65 % Fe2O3 bo‘lgan 120 g aralashma tarkibidagi temirning massasini hisoblang.

Yechish: Eng avvalo (1.5) formula yordamida aralashma tarkibidagi har bir tarkibiy qismning massasi hisoblanadi.

mFeO=m=0,35.120=42 g,

m(Fe2O3)=m=0,65·120=78 g.

Masalaning davomi proporsiya bilan yechilsa: MFeO=72, bo‘lganligi uchun 72:42=56:x; x=42.56/72=32,67 g Fe bor. 160:78=112:x; x=54,6 g. Fe bor.

Temirning jami massasi m=32,67+54,6=87,27 g.

1.32. Tarkibida 14 % pirolyuzit (MnO2) bo‘lgan 5 t ruda tarkibida qancha massa marganets bor? (Javob: 442,5 kg).

1.33. Tarkibida 60 % magnitli temirtosh (Fe3O4) bo‘lgan 2,5 t temir rudasidan qancha temir olish mumkin? (Javob: 1,1 t).

1.34. Qisman oksidlangan rux metali kukuni tarkibida 0,5 % kislorod borligi aniqlangan bo‘lsa, shu namunadagi rux metalining massa ulushini hisoblang.

Yechish. Ushbu turdagi masalalarni yechishda ma’lum miqdor namuna (ixtiyoriy) tanlab olinadi. Masalan, 100 g namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi:

m(O)=(O).m=0,005.100=0,5 g

aniqlanadi. So’ngra aralashmadagi metall oksidining massasi quyidagi proporsiya asosida topiladi: 81:x=16:0,5 g; x=2,5 g.

Endi aralashmadagi sof metalning massasini hisoblash mumkin: m(Zn)=m-m(ZnO)=100-2,5=97,5 g.

Metalning massa ulushi:



yoki 97,5 %.

1.35. Qisman oksidlangan magniy metali kukuni tarkibida 2 % kislorod bo‘lsa, namuna tarkibidagi magniy metalining massa ulushini toping. (Javob: 95 %).

1.36. Tarkibida 0,85 % bog‘langan kislorod bo‘lgan alyuminiy metali parchasidagi metallning massa ulushini hisoblang. (Javob: 98,2 %).

KIMYOVIY BIRIKMALARNING FORMULALARINI CHIQARISH



Kimyoviy birikmalarning eng oddiy formulalari ular tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari, massa nisbatlari yoki massa ulushlari asosida topiladi. Agar modda tarkibida ikkita element bo‘lsa, bittasining massa ulushi berilganda, ikkinchisiniki ayirma shaklida topiladi. Ayrim hollarda modda tarkibiga kiruvchi tarkibiy qismlarning massa nisbatlari berilgan bo‘ladi. Eng oddiy formulani topish uchun modda miqdori yoki unga ekvivalent kattalik bo‘lgan hisoblanadi. Hosil bo‘lgan qiymatlar eng kichigiga bo‘linganda butun sonlar hosil bo‘lishi kerak. Agar modda miqdorlari yoki kattaliklar eng kichik qiymatga bo‘linganda butun sonlar hosil bo’lmasa, umumiy bo‘luvchi topiladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling