Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ularning ahamiyati Azotning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati


Azotli o‘g‘itlar : turlari, olinishi va xossalari


Download 153.62 Kb.
bet4/6
Sana13.05.2023
Hajmi153.62 Kb.
#1457299
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ularning ahamiyati

Azotli o‘g‘itlar : turlari, olinishi va xossalari
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish asosida ammiak sintezi yotadi. Sintetik ammiak quyidagi usulda olinadi:
N2 3H2 2NH3
hozirgi kunda quyidagi turdagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda:
Ammiakli-nitratli o‘g‘tlar - ammiakli selitra, ammoniy-sulfat-nitrat.
Ammiakli o‘g‘itlar - ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy karbonat, suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar.
Nitratli o‘g‘itlar - natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra.
Amidli o‘g‘itlar - mochevina, kalsiy sianamid, mochevina-formaldegidli o‘g‘itlar (MFo‘).
Ammiakli-nitratli o‘g‘itlar. Ammiakli selitra. Ammiakli-nitratli o‘g‘itlarning asosiy vakili ammiakli selitra (NH4NO3) dir.
Ammiakli selitra o‘z tarkibida o‘rtacha 34,6% nitrat va ammiak shakldagi azot tutadi. Uni 56-60% li nitrat kislotani gazsimon ammiak yordamida neytrallab olina
HNO3  NH3(gaz)  NH4NO3
Ammiakli selitradagi gigroskopiklikni yo‘qotish uchun unga fosforit yoki suyak talqoni, gips, kaolinit kabi moddalar qo‘shib, granulalanadi. Bu qo‘shilmalar unga sarg‘ish tus beradi.
Ammiakli selitra tarkibidagi sof azotning miqdori 34,6% dan kam bo‘lmasligi, namligi 0,4% dan, qo‘shilmalar miqdori 0,1% dan oshib ketmasligi lozim.

Ammiakli selitraning tuproq bilan o‘zaro ta’siri. Oson eruvchan ammiakli selitra tuproq namligi ta’sirida to‘la eriydi.
Ammiakli selitra tuproqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o‘zaro ta’sirlashganda, NH4 kationi tuproq kolloidlariga yutiladi, NO3 anioni esa tuproq eritmasida qolib, o‘z harakatchanligini saqlaydi.
Nitratli azotli o‘g‘itlar. Nitratli azotli o‘g‘itlar jumlasiga natriyli, kalsiyli va kaliyli selitra NaNO3, Ca(NO3)2 va KNO3 lar kiradi. Ular azotli o‘g‘itlar assortimentida atigi 1% ni tashkil qiladi.
O‘g‘itlarning qisqacha xarakteristikasi. Azotli o‘g‘itlar
Ammiakli selitra tarkibida 33-34 foiz nitrat va ammiak shakldagi azot mavjud. Bu o‘g‘it donador, och pushti va sarg‘ish bo‘ladi. Donadorli ammiak selitrasi yaxshi fizik xossalarga ega. U suvda yaxshi eriydi, sepiladi, namni kam tortadi va qotib qolmaydi. Bu o‘g‘it me’yorlari asosan fizik tukda qo‘llaniladi .
Ammoniy sulfat tarkibida 20,5-21,0 foiz ammiak shaklidagi azot mavjud. Ammoniy sulfati tashqi ko‘rinishi turli rangdagi(aralashmalarga qarab oq rangdan zangori rangacha) maydalangan tuzga o‘xshaydi. Suvda yaxshi eriydi, quruq holatda ijobiy fizik xossalarga ega , saqlanganda yopishmaydi va sepuvchi apparatlardan yaxshi tushadi. O‘g‘it me’yorlari asosan fizik tukda qo‘llaniladi.
Mochevina (karbomid) tarkibida 46 foiz amid shaklidagi azot mavjud . U konsentrlashgan oq rangli o‘g‘it bo‘lib, yaxshi fizikaviy xususiyatlarga ega, donador xolda ishlab chiqariladi . O‘g‘it me’yorlari asosan fizik tukda qo‘llaniladi.

Download 153.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling