Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ularning ahamiyati Azotning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati


Download 153.62 Kb.
bet5/6
Sana13.05.2023
Hajmi153.62 Kb.
#1457299
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ularning ahamiyati

Fosforli o‘g‘itlar
Oddiy superfosfat-tarkibida 11-16% fosfor besh oksidi bo‘lgan yuqori karbonatli boyitilmagan U yaxshi fizik-kimyoviy va fizik- mexanik xususiyatlarga ega, boshqa mineral va organik o‘g‘itlar bilan yaxshi aralashadi. U tuproqni nafaqat fosfor bilan, qolaversa o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan kalsiy va oltingurgut moddalari bilan ham boyitadi , o‘simlikni kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Uning tarkibidagi gips esa kimyoviy meliorant hisoblanadi . O‘g‘it me’yorlari asosan fizik tukda qo‘llaniladi.
Suprefos tarkibida 22-23 % R2O5, 10% N va 6-8 % S moddasi mavjud bo‘lib, asosan 45% pretsipitat , 35 % sulfat ammoniy va 10-15% fosfor tuzlari ammoniy shaklidagi yuqori konsentrali fosfor o‘g‘iti hisoblanadi . O‘g‘it me’yorlari asosan fizik tukda qo‘llaniladi.
Kaliy xlorid- tarkibida 54-60% kaliy oksidi mavjud bo‘lib, kristallsimon, sochilib ketadigan modda, qizg‘imtir yoki oq rangdan qo‘ng‘ir ranggacha bo‘ladi . Nam joyda saqlansa qotib qoladi . Suvda kam eriydi . O‘g‘it me’yorlari asosan fizik tukda qo‘llaniladi .

MURAKKAB O‘G‘ITLAR
Ammofos-kulrang yoki oq rangli kukunsimon yoki donador murakkab o‘g‘it, tarkibida 46foiz fosfor kislotasi va 11-12 foiz azot mavjud . Bu o‘g‘itni tashkil qiluvchi tuzlar ammoniy va fosfat hamma o‘simliklar tomonidan barcha tuproqlarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi va samara beradi O‘g‘it me’yorlari asosan fizik tukda qo‘llaniladi
Nitrokalsiyfosfat o‘g‘iti (NKFU) Markaziy Qizilqum fosforitlari (16-18% R2O5) asosida o‘g‘it olishda azot kislotasi ishlatiladi. NKFU tarkibida 14-16% R2O5, 6% N va 10-11% Sa mavjud bo‘lib, donador xoldagi murakkab fosforli o‘g‘it hisoblanadi . O‘g‘it me’yorlari asosan fizik tukda qo‘llaniladi.
Oziq moddalar me’yorlarini fizik turlarga o‘tkazish uchun koeffitsentlar.


Download 153.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling