Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ularning ahamiyati Azotning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati


Azotning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati


Download 153.62 Kb.
bet2/6
Sana13.05.2023
Hajmi153.62 Kb.
#1457299
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ularning ahamiyati

2. Azotning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati
Azot - o‘simliklar uchun zarur oziq elementlardan biridir. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar(RNK va DNK), xlorofill, fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi.
O‘simliklar oziqlanishida azot manbai bo‘lib ammoniy (NH4) va nitrat (NO3) tuzlari xizmat qiladi.
O‘simliklar tomonidan azotning o‘zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi: ammiak va organik kislotalardan aminokislotalar, ulardan esa oqsil molekulalari sintezlanadi. Bu a m i n l a n i sh jarayonidir.
Aminokislotalar sintezi uchun azot faqat qaytarilgan shaklda bo‘lishi lozim, nitrat va nitritlar karbon kislotalarning ketoguruhi bilan bevosita reaksiyaga kirisha olmaydi. O‘simlik tanasida uglevodlar zahirasi etarli bo‘lsa, nitrat shakldagi azot fermentlar ishtirokida ildizningo‘o‘zidayoq ammiakka aylanadi.
Qaytarilmasdan o‘simlik tarkibiga o‘tadigan nitrat shakldagi azot o‘simliklar uchun zararsiz bo‘lib, to‘qimalarda ko‘p miqdorda to‘planishi mumkin. Lekin qishloq xo‘jalik mahsulotlari (ayniqsa em-xashak, sabzavot va poliz ekinlari) tarkibida nitratlarning ma’lum darajadan oshib ketishi ularni iste’mol qiladigan hayvon va insonlar salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Odatda erkin ammiak o‘simliklar tanasida kam uchraydi. Ayni modda miqdorining ko‘payib ketishi o‘simliklarning zaharlanishiga sabab bo‘ladi.
O‘simlik tanasida oqsil sintezi bilan bir qatorda ularning parchalanishi ham sodir bo‘ladi. Oqsilning parchalanishidan hosil bo‘ladigan ammiak o‘simlik to‘qimalarida to‘planmaydi, balki dikarbon aminokislotalar sinteziga sarflanadi. Ular esa o‘z navbatida oqsil va boshqa azotli birikmalar (porfirinlar, alkaloidlar)ning biosintezida ishtirok etadi. Demak, azotli organik birikmalar hosil bo‘lishi va parchalanishining murakkab zanjiri ammiakdan boshlanib, ammiakda tugaydi.
O‘simliklarda azotli moddalar almashinuvi amal davridavomida sodir bo‘ladi, lekin uning sur’ati va tabiati o‘sish va rivojlanishning turli davrlarida turlicha kechadi. o‘simlikda fotosintezga qobil yashil barg paydo bo‘lgach, oqsil sintezi tashqi muhit(tuproq)dan yutiladigan azot hisobiga ketadi. Bungacha nihollar urug‘dagi zahira oqsil hisobidan oziqlanadi. Tuproqdan eng ko‘p azot o‘simliklar jadal rivojlanib, tana qo‘yadigan davrda o‘zlashtiriladi.
Azot almashinuvi jadalligiga bog‘liq ravishda o‘simlik tanasining turli a’zolarida azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarda, asosan qari barglarda, oqsil gidrolizi sodir bo‘ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tomon harakatlanadi. Urug‘ shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo‘ladigan aminokislotalar pishib etilayotgan urug‘larga oqib o‘tadi va shu erda oqsilga aylanadi.
Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Azot bilan me’yorida oziqlantirilgan o‘simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o‘simlikning o‘sishi va hayot faoliyati kuchayadi, uzoq davom etadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquvvat poya va to‘q yashil

tusdagi barglar shakllanadi, o‘sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojlanishi yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko‘payadi. Lekin o‘sish davrida bir tomonlama, faqat azot bilan oziqlantirishga ruju qo‘yish hosilning pishib etilishini orqaga suradi, o‘sish organlari kuchli rivojlanib, o‘simlikning «g‘ovlashiga» sabab bo‘ladi.


Oqsil miqdorining ortishi hosil sifatini yaxshilaydi, lekin azotli moddalar miqdorining ko‘payishi hamma vaqt ham mahsulot qimmatini oshiravermaydi. Masalan, qandlavlagi o‘suv davrining oxirida azot bilan mo‘l oziqlantirilsa, ildizida ko‘p miqdorda nooqsil azotli birikmalar, aminokislotalar to‘planadi, qaysiki, ildizmevadagi qand miqdorini kamaytirib yuboradi. hosil sifati shuningdek, qo‘llaniladigan azotli o‘g‘it turiga ham bog‘liq. D.N.Pryanishnikov va shogirdlarining tadqiqotlari asosida o‘simliklar hayotida ammiak va nitrat shakldagi azot teng kuchli ekanligi aniqlangan. Tuproq muhiti mo‘‘tadil bo‘lsa, o‘simliklar ammiak shakldagi azotni nitratlarga qaraganda yaxshi o‘zlashtiradi, nordon muhitda esa aksincha, nitrat shakldagi azot yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Tuproqda kalsiy, magniy va kaliyning ko‘p bo‘lishi ammiak azotini, fosforning mo‘lligi esa nitratlarning o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi

Download 153.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling