Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ularning ahamiyati Azotning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati
Tuproqdagi azot va azotli birikmalar dinamikasi
Download 153.62 Kb.
|
7-mavzu Organik va mineral o‘g‘itlar hamda ularning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillar, gumin moddalar
3. Tuproqdagi azot va azotli birikmalar dinamikasi
Azot er qobig‘i massasining 2,310-2% ini tashkil qilib, zahirasi bir necha o‘n milliard t ga etadi. Tuproq azotining asosiy qismi murakkab organik birikmalar tarkibiga kiradi. Turli tuproqlarning haydalma qatlamidagi azot miqdori turlichadir. Tuproqning mexanikaviy tarkibi og‘irlashib borgani sari yalpi azot miqdori ham ko‘payadi. Bir ga maydondagi yalpi azot zahirasi turli tuproqlarda 1,5 t dan 15 t gacha o‘zgaradi. o‘simliklar azotni asosan mineral holatda o‘zlashtiradi. Faqat azotning juda kam miqdori amid va aminokislotalar holida o‘zlashtirilishi mumkin. Tuproqdagi yalpi azot miqdorining atigi 1-2% i mineral xolatda bo‘ladi. Tuproq azotli organik birikmalarining parchalanishini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: Oqsillar, gumin moddalar aminokislotalar, amidlar ammiak nitritlar nitratlar. Dehqonchilikda azotning aylanishi. Tuproqdagi azotning umuman yoki vaqtincha o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan shaklga o‘tishini uchta holga bo‘lish mumkin: nitratlarning yuvilishi; denitrifikatsiya; azotning i m m o b i l i z a s i ya l a n i sh i. Nitratlarning yuvilishi. Nitratlar tuproq kolloidlari tomonidan yutilmasligi va asosan tuproq eritmasi tarkibida bo‘lishi tufayli tuproqdan oson yuviladi. Azotning ayni yo‘l bilan isrof bo‘lishi iqlim sharoitlari, tuproqni ishlash tizimi, paykalning ekin bilan band yoki bandmasligiga bog‘liq. Nitratlarning yuvilishi ayniqsa sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida jadal ketadi ( yiliga 30 kg/ga). Lekin sug‘orishni to‘g‘ri tashkil etish, sug‘orma suvlarni sizot suvlari sathi bilan tutashishiga yo‘l qo‘ymaslik nitratlar yuvilishining oldini olishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Denitrifikatsiya - nitrat shakldagi azotni azot (I) va (II)-oksidlari va molekulyar azot (N2) kabi gazsimon moddalargacha qaytarilish jarayonidir. Tuproqda azotning o‘simlik o‘zlashtira olmaydigan organik birikmalar holatiga o‘tishiga azotning immobilizatsiyasi (muqimlanishi) deyiladi. Immobilizatsiya to‘laligicha biologik xarakterda bo‘lib, mikroorganizmlarning uglevodlar va azot ishtirokida o‘z tanasida oqsilni sintezlashiga asoslangan. Muqimlangan azot yo‘qolmaydi, aksincha, mikroorganizmlar nobud bo‘lgach, bir qismi mineral (NH3) holatga, bir qismi esa gumus moddalar tarkibiga o‘tadi. Tuproqdagi azot zahirasini to‘ldirishning asosiy, tabiiy manbai atmosfera azoti hisoblanadi. Er yuzasining har 1 ga maydoni ustida 70-80 ming t ga yaqin azot mavjud, lekin uni aksariyat o‘simliklar o‘zlashtira olmaydi. Atmosferadagi fizikaviy jarayonlar (chaqmoq, yashin) ta’sirida yiliga 2-5 kg/ga azot tuproqqa kelib tushadi. Download 153.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling