12-мавзу: QONNING TUZILISHI, FUNKSIYALARI VA YOSHGA OID
XUSUSIYATLARI. QON AYLANISHI.
Reja:
1.
Qonning ahamiyati.
2.
Qonning tuzilishi va funksiyalari.
3.
Qonning yoshga oid xususiyatlari.
4.
Qon aylanishining ahamiyati
5.
Katta va kichik qon aylanish doirasi.
6.
Yurakning tuzilishi.
7.
Qon aylanishining yoshga oid xususiyatlari.
8.
Puls.
9.
Qon bosimi.
Tayanch sо„zlar: Puls. buyrak, upka, teri,
Qon bosimi Limfa, taloq,
jigar
Qon aylanishini boshqarilishi.
Qonning ahamiyati. Qon qizil rangli, shо‗rroq ta‘mli yopish qoq suyuqliqdir. qon limfa,
tо‗qima suyuqligi bilan birga organizmdagi barcha hujayra va tо‗qimalarni yuvuvchi
organizmning ichki muhiti hisoblanadi. qon suyuq tо‗qima bо‗lib, qon tomirlarda doimo
harakatlanib organizmni tuzilishi va faoliyati uchun zarur bо‗lgan ozuqa moddalarni yetkazib
beradi. Bundan tashqari xujayra tо‗qimalarda modda va energiya almashinuvi natijasida hosil
bо‗lgan turli chiqindi moddalar va karbonat angidrid kislotasini ayiruv organlariga (buyraklar,
upka, teri) yetkazib beradi.
Qonni tomirlardan doimiy harakati tufayli tana temperaturasi birday saqlanib turadi.
Shuningdek qondagi oq qon tanachalari, maxsus oqsil moddalar organizmga tushgan turli
mikroblarni zararsizlantirib organizmda himoya vazifasini bajaradi.
Qon orqali ma‘lum miqdorda organizmdagi turli fiziologik funksiyalar boshqarilib turiladi.
Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan turli garmonlar, boshqa aktiv moddalar qonga
quyiladi, g qon orqali organizmdagi organlarga borib, ularni f.aoliyatiii oshiradi yoki susaytirib
organizmdagi organlarni bir-biriga bog‗laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: