asosiy qismini tashkil etadi
19
.
Bolalar organizmi о‗suvchi orgnizm bо‗lgani uchun mineral tuzlarga talabi tana og‗irligiga
nisbatan ancha yuqori bо‗ladi. Bola organizmida natriy, kaliy, magniy, xlor, kalsiy ushlanib
qoladi. Mineral tuzlarni katta odamda bir sutkalik miqdori: natriy - 4-6, kalsiy 1g, kaliy 3 g,
fosfor 1,5 g, temir 15-30 mg bо‗lishi kerak. Bolalarda skelet va nerv tо‗qimalarining о‗sishi
uchun kalsiy, fosfor tuzlari zarur. Bolaning bir yoshgacha va jinsiy balog‗at yoshida
organizmini kalsiyga talabi yuqori bо‗ladi.
Maktab yoshida bolalarda fosforga bir sutkalik talabi 1,5-4,0 g ' fosforning 30-35% bola
organizmida saqlanib qoladi. Maktab yoshidagi bolalarni temirga bо‗lgan talabi 15-30 mg,
natriyga 4-5 g, kaliyga 2-3 g.
Bolalar organizmini turli mineral tuzlar bilan ta‘minlashning asosiy manbalari turli ovqatlar:
sut, tuxum, gо‗sht, meva, sabzavot va boshqalar hisoblanadi.
Bolaning о‗sishi va rivojlanishi organizmini yetarli darajada
s
uv bilan ta‘minlashga bog‗liq.
Kо‗krak yeshidagi bolaning sutkalik о‗sishini 72% suv, 12% oqsillar, 12% yog‗lar, 2-4%
mineral tuzlar uglevodlar hisobiga bо‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |