O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


-мавзу:    NAFAS ORGANLARINING TUZILISHI, FUNKSIYALARI VA YOSHGA


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

9-мавзу:    NAFAS ORGANLARINING TUZILISHI, FUNKSIYALARI VA YOSHGA 

OID XUSUSIYATLARI. 

Reja: 


1. Nafas organlarining ahamiyati. 

2. Nafas organlarining tuzilishi va funksiyasi. 

3. Nafas organlarining yoshga oid xususiyatlari. 

Tayanch sо„zlar:   burun, tomoq, xiqildoq, kekirdak, bronx.  

 

Barcha tirik organizmlar tirikligini saqlashi uchun nafas olib turishi kerak.  Nafas olganda 



tashki muhitdagi  havo о‗pka Hо‗jayralariga undan qonga о‗tib, qon orqali barcha hujayralarga  

yetkazib beriladi. Kislorod yordamida ovqat moddalar oksidlanadi. Natijada yuqori • molekulalik 

organik moddalardan ma‘lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Agarda organizm hujayralariga 

kislorod  yetishmasa  hujayralar  о‗ladi.  Modda  almashinuvi  natijasida  hosil  bо‗lgan  karbonat 

angidrid gazi va suv parlari о‗pka orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. 

Nafas organlarining tuzilishi. 

Nafas organlariga: burun, tomoq, xiqildoq, kekirdak, broixlar, bronxmollar va о‗pka kiradi. 

Burun bо‗shlig‗i. Burun bо‗shligi suyak, tog‗aylardan tuzilgan bо‗lib, peshana suyagining 

ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan. Uning pastki, yuqorigi va ikki yon devori bor. Burun 

bо‗shligi tо‗siq  yordamida ikkiga bо‗linadi. Burunning shilliq qavati qon tomirlar, kо‗p qavatli 

tukli  epiteliy  bilan  qoplangan.  Bu  qavatda  shilimshiq  ishlab  chiqaruvchi  bezlar  bо‗ladi. 

Burunning  shilliq  qavati  chang  zarrachalarini  tutib  qoladi,  havoni  biroz  ilitib,  namlab,  о‗pkaga 

utkazadi. 

Hiqildoq.  Hiqildoq  halqumining  oldida  bо‗yinning  oldinga  qismida,  til  osti  suyagining 

ostida  joylashgan,  hiqildoq  asooan  qalqonsimon,  uzunsimon,  chо‗michsimon,  hiqildoq  ustligi, 

shoxsimon va ponasimon tog‗aylardan tuzilgan. 

Hiqildoq  ichki  yuzasidagi  shilliq  parda  tukli  epitelii  bilan  qoplangan  bо‗lib,  unda  bezlar 

kо‗p. Hiqildoqda tovush apparata joylashgan. 

Traxeya va bronxlar. Traxeya yarim halqa shaklidagi 16-20 ta elastik togaylardan tuzilgan 

bо‗lib,  bu  tog‗aylar  xalqasimok  boylamlar  yordamida  bir-biriga  birikkan.'  Katta  odamda 

traxeyaning‗  uzunligi  13  sm.  Traxeyaning  shilliq  pardasi  hiqildoqnikiga  о‗xshaydi,  lekin 

burmalar bо‗lmaydi. Traxeya о‗ng va chap bronxlarga bо‗linadi. Bronxlar yana bir necha marta 

tarmoqlanadi  va  bronxlar  daraxtini  hosil  qiladi.  Bronxlar  о‗pkalarga  kirib,  uning  ichida  davom 

etadi  va  ikkilamchi,  uchlamchi  va  bronxlar  hosil  qilib  tarmoqlanadi.  Sо‗ng  bronxlar  kengayib, 

alveola bilan tugaydi. 

О‗pkalar. О‗ng va chap о‗pka kо‗krak qafasining beshdan tо‗rt qismini egallab turadi. Har 

bir о‗pka alohida seroz parda ichida joylashgan bо‗lib, u plevra xaltasi yoki pardasi deb ataladi. 

har qaysi о‗pkani chuqur egatlar bо‗laklarga bо‗ladi. О‗ng о‗pka uch bо‗lakka, chap о‗pka ikki 

bо‗lakka  bо‗linadi.  О‗pkaga  kirgan  bronxlar  tarmoqlanib,  diametri  1  mm  li  bronxiollar  hosil 

qi\adi.  Bular  tarmoqlanib  oxirgi  bronxiollarni  hosil  qiladi.  Oxkrgi  bronxiollarning  uchi  havo 

pufakchalari  -  alveolalar  bilan  tugaydi.  Alveolalar  400-500  millionta  bо‗lib,  ularning  umumiy 

satxi  60-120  m

2

  gacha  yetadi.  Alveolalar  juda  kо‗p  kapillyar  qon  tomirlar  bilan  о‗ralgan.  Ular 



orqali  qon  va  alveolalar  havo  orasida  gazlar  almashinuvi  sodir  bо‗ladi.  Har  bir  о‗pkaning 

о‗rtacha  vazni  500-600  g  keladi.  Upkalar  ustki  tomondan  seroz  parda  plevra  bilan  о‗ralgan 

bо‗ladi. Bu parda ikki qavatdan iborat bо‗lib, ichkisi visseral, tashqisi pariyetal qavat deyiladi. 

Ichki  parda о‗pkaga  yopishgan bо‗lib, tashqi parda kо‗krak qafasi  devoriga  yopishgan bо‗ladi. 

Pardalar orasida 1-2 ml suyuqlik bо‗ladi. 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling