O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 123.47 Kb. Pdf ko'rish
|
lJInvSE0MG3EyNfxC2zhYuFKSypul1vG89Ecrd2d
- Bu sahifa navigatsiya:
- Finlandiya baholash tizimi
Finlandiya ta’lim tizimi
Finlandiya maktablarida ona tili sifatida fin, shved, sami, sigan tili oʻqitiladi. Mamlakatda ikkita davlat tili mavjud. Ona tili fin tili boʻlganlar shved tilini, ona tili shved tili boʻlganlar fin tilini davlat tili sifatida oʻrganadi. Ona tili sami yoki sigan rus tili boʻlganlar ham fin yoki shved tilini oʻrganishadi taʼlim tizimida oʻquvchilarning til oʻrganish qobiliyatini rivojlantirish bolalikdan boshlanadi va hayot mobaynida davom etadi. Bu jarayon uyda, maktabda va maktabdan tashqari vaqtlarda rivojlantiriladi. Maktabda til oʻqitishning asosiy prinsipi turli vaziyatlarda tildan foydalanishga oʻrgatish hisoblanadi Birinchi-ikkinchi sinflarda ona tili va adabiyotni oʻqitishda oʻquvchilarning individual qobiliyatini hisobga olgan holda ongli yondashish, oʻzini namoyon qilish va muloqot layoqatini, shuningdek, tinglash, gapirish, oʻqish va yozish qobiliyatini rivojlantirish alohida vazifa hisoblanadi Uchinchi–oltinchi sinflarda fanning oʻziga xos maqsadi oʻquvchilarni oʻzini namoyon qilish, oʻzaro taʼsir oʻtkazish, oʻqish va yozish qobiliyatini oshirishga qaratiladi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda matn janrlari doirasi kengayadi. Oʻquvchilarga koʻproq turli matnlarni talqin va tahlil qilish, tuzish va baholash koʻnikmalari oʻrgatiladi. Bolalar tanlagan qiziqarli kitoblar va boshqa multimediali matnlar oʻquv jarayonida qoʻllanadi. Oʻquvchilar oʻqish orqali dunyoqarashini kengaytiradi Maktabdan tashqari madaniy va multimedia xilma- xilligi orqali ona tili va adabiyotini oʻrganish imkoniyatidan keng foydalaniladi. Finlandiya baholash tizimi Finlyandiya maktab tizimida 10 ballik baholash tizimi mavjud. Boshlang‘ich maktabda 3-sinfgacha umuman baho berilmaydi. 3-sinfdan 7-sinfgacha o‘qituvchilar bolalarni og‘zaki baholaydilar - "o‘rtacha" dan "a‘lo"gacha. 8-sinfdan boshlab baholar 10 ballik tizimda qo‘yiladi.Ular yomon baholar uchun urishmaydi. Baholashning maqsadi bolani shaxsiy o‘quv dasturini ishlab chiqish va tuzatishga undashdir. Ikki baho o‘rniga minus, besh baho o‘rniga "plyus" ishorasi qo‘yiladi. Agar o‘quvchi uy vazifasini bajargan bo‘lsa, u "plyus", agar bajarmagan bo‘lsa, "minus" oladi. Dars davomidagi ishlar ham baholanadi. Agar o‘quvchi o‘zini hech qanday tarzda ko‘rsatmasa, o‘qituvchi elektron kundalikka xabar yozishi va keyingi safar darsda ishtirok etishini taklif qilishi mumkin.Fin maktabida baholar natija uchun emas, balki harakat uchun beriladi. Download 123.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling