Organizm rivojlanishiga irsiyat va muhitning ta’siri. Akseleratsiya,retardatsiya. O’sish va rivojlanish geterosroniyasini tablitsa va sxemalar yordamida o’rganib chiqish


Download 108.95 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi108.95 Kb.
#1602572
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fiiziologiya.Mustaqil ish


Organizm rivojlanishiga irsiyat va muhitning ta’siri.Akseleratsiya,retardatsiya.O’sish va rivojlanish geterosroniyasini tablitsa va sxemalar yordamida o’rganib chiqish
XIX- XX asr boshlarida ko’p masmlakatlarda bolalarning bo’yiga o’sishning tezlashganligi aniqlangan. Bu haqda 1875 yilda matbuotda elon qilingan. 1935 yilda nemis olimi Koh o’sish va rivojlanishdandagi tezlashuvni akselerasiya deb aytgan. Akseleratiya-lotincha tezlashuv degan manoni bildiradi. Akseleratsiya-yosh avlodning jismonan va ruhan o’sishidir.
Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning rivojlanishini boshqarish yo’llarini bo’lib olishdir. Irsiyat organizmlarning o’z belgi va xususiyatlarini nasldan -nasilga o’tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlarning belgi -xsusiyatlari nasildan -nasilga o’zgarmagan xolda o’tadi.
Organizm belgi - xususiyatlarining bir qancha avlod turg’un saqlanib kelishi irsiyatining bir tomoni bo’lib, ikkinchi tomoni organizmning ontogenezda ma’lum moddalar almashinuvi xarakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan aniqlanadi. Aks holda organizmlar ovlodida ozgarishlar vujudga kelgan bo’lur edi.
Organizmning ikki xususiyati irsiyat va o’zgaruvchanlikni o’rganadigan fanga genetika fani deyiladi.
Irsiyat nasldan-naslga o’tishini bilish uchun xujayra haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak. Barcha tirik organizm xujayralardan tashkil topgan. 1665 yilda R.Guk tomonidan sodda mikroskop ixtiro qilinishi xujayra taminotining tug’ilishiga olib keldi. U po’kakdan yupqa kesma tayyorlab, mikroskob ostida kuzatganida mayda katakchalarni quradi va ularga hujayra deb nom beriladi. Elektron mikroskob kashf etilishi bilan xujayraning tarkibi va undagi moddalar almashinuvi o’rganila boshlanadi. Har bir hujayra sitoplazmatik membrana, sitoplazma, yadro va xujayra organiodlaridan iborat. Xujayra organiodlariga maxsus tuzilishga ega bo’lgan va ma’lum funksiyani bajaradigan tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik tur, ribosomalar, Golji apparati, mikrokondriyalar, lizosomalar va sentrosomalar va h.k.z.
Isriy belgilar tashqi muhit tasiriga juda chidamli. organizm yashayotgan muhit sharoitiga qarab, irsiy belgilarning sifati o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish mutatsiya deyiladi. Mutasiya-lotincha so’z bo’lib, o’zgarish, aylanish degan ma’noni bildiradi.
Mutasiya-gen apparatida ro’y bergan va nasldan-naslga o’tib boradigan o’zgarishlardir. Vujudga kelgan yangi belgilar nasldan-naslga o’tadi va o’z ajdodlarida boshqacha bo’ladigan yangi nasl paydo bo’ladi. Barcha organizmlar boshqa muhim sharoitga moslashadi. Har xil organizmlar ma’lum tashqi muhit sharoitga ko’nikma hosil qilgan. Shuning uchun faqat ma’lum sharoitda yashash va rivojlanishi mumkin. Organizm butun rivojlanishi mumkin. Organizm butun rivojlanish prosessida urug’langan tuxum xujayradan to voyaga yetgunga qadar to’xtovsiz genotikning nazoratida va tashqi sharoit ta’sirida bo’ladi. Mutasiyadan tashqari davinizmning asosiy qonuni tanlash ham irsiyatga ta’sir ko’rsatadi.
Xo’sh, odam o’ziga nimani meros qilib oladi? Odam o’zining butun “ biofondini” meros qilib oldi, organlar shaklini, nerv sistemasini, sezgi organlari va boshqa meros qilib oladi. Biroq bola tug’ilganidan boshlab u sostial muhit shart- sharoitlarda o’sib, rivojlanib boradi. Biologik va sistiol omillarning o’zaro tasiri natijasida, o’ziga hos bo’gan shaxsiy xususiyatlariga ega bo’lgan organizm shakllanadi. Ular fenotipini belgilab beradi.
Demak, irsiyat tashqi muhit tasirida o’zgaradi
Nerv sistemasining funksiyasi 2 qismga bo’lininib o’rganiladi.
1. Funksiya: odam organizmidagi barcha hujayra to’qima organlari va sistemalarining ishini boshqarish, tartibga solish, tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan axborotlarni qabul qilish, ularni markaziy nerv sistemasi bilan bog’lash, organizmning barcha organlarini bir-biri bilan bog’lash, organizmning bir butunligini, moddalar almashinuvi boshqarish o’sish va rivojlanishga ta’sir etishdan iborat.
Pavlov nerv sistemasining bu vazifasini unung quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa va bosh miyaning quyi qismi uzunchoq, o’rta, oraliq miya, michada joylashgan nerv markazlari boshqaradi.
Nerv siostemasining 2-vazifasi: odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog’lanishi, muomolasini tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Tashqi muhit tasirida atrofdagi boshqa odamlar bilan munisabati natijasida odamda paydo bo’lgan fikirlash, bayon etish, bilim olish, hunar o’rganish, xotira kabi yuksak insoniy xususiyatlar kiradi. Pavlov nerv sistemasining bu vazifasini oliy nerv faoliyati deb atagan. Nerv sistemasining bu vazifasini uning yuqori qismida joylashgan bosh miya yarim shari va uning po’stloq qismi newrv markazi boshqaradi.
Nerv tizimi 2 qismdan iborat. 1. markaziy . 2. periferik.
Markaziy nerv tizimiga: a) bosh miya. B) orqa miya kiradi. Markaziy nerv tizimida nerv hujayralari( neyron tomirlari) markazlari bor.
Periferik nerv tizimida orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlanuvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar hamda umurtqa pog’onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv sistemasining periferik qismi nerv tolalaridan iborat.
Bajaradigan vazifasiga ko’ra nerv sistemasi 2 qismga: 1. Sogmatik nerv. 2. Vegetativ nerv tizimiga bo’linadi.

  1. Odam tanasining sezgi organlari skelet muskullari ishini boshqaradi.



  1. vegetativ nerv tizimi ichki organlar nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, oshqozon va ichki sekretiya bezlari ishini bajaradi.



  1. Nerv tizimi nerv hujayralari va nerv tolalaridan tashkil topgan. Nerv hujayralari neyron deyiladi. Neyron kalta shoxlangan dendritlar va bitta uzun o’simta aksondan iborat. Nerv sistemasining tanalari uning dendritlari to’planib qo’l rang moddani hosil qiladi. Miyaning oq moddasi miyaning parda bilan qoplangan aksonlardan iborat. Neyronlar tashqi tomondan parda membrana bilan qoplangan.

Nerv tolasining xususiyati: 1) qo’zg’aluvchanlik.2) o’tkazuvchanlik. Qozg’aluvchanlik organizmning tashqi va ichki muhitdan kelkadigan ta’sirida javob reaksiyasi qobilyati. O’tkazuvchanlik qo’zg’aluvchanlikni o’tkaza olish xususiyati.


Ta’sirot berilgandan so’ng nerv tizimida fiziologik prosess yuz beradi. Bu hodisa qo’zg’alish deb ataladi. Bu qo’zg’alish nerv bo’ylab o’tkaziladi. Muskul to’qimasi qo’zg’alsa qisqarish bilan, bez to’qimasi qo’zg’alsa sekret yoki shira ajralish bilan javob beradi. To’qimani kuzatuvchi ta’sirlovchilar fizikaviy, kimyoviy, elektrik, biologik xususiyatlarga ega bo’ladilar va h.k.z.
Adekvat noadekvat ta’sirlovchilar bor. adekvat-organ uchun xos bo’lgan.
Noadekvat-organ uchun xos bo’lgan.
Nerv markazlari qo’zg’Alish, tormozlanish, yig’ilish, transformatsiya, mayinlik, kislorod tana qismi chidamsizlik, dominata va boshqa fiziologik xususiyatlarga ega. Qo’zg’alish tormozlanish bilan almashinib turadi. Nerv markazida ustun turgan qo’zg’alish o’chog’i dominata deyilgan. 1923 yilda U.X. Tomskiy aytgan. Nerv markazlarini yana bitta xususiyati dominata xusisiyati. Buni 1923 yil U.X. Tomskiy aniqlagan. Bu nerv markazlarida ustun turgan qo’zg’alishdir. Dominata odamning ruxiyatiga bog’liq bo’ladi. Dominata- bu diqqat aktivlik demakdir.
Orqa miya: umrtqa kanalida birinchi bo’yin umrqasi bilan ikkinchi bel umurtqasi oralig’ida joylashgan. Orqa miyaning ko’ndalang kesigida qo’kl rang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida oq modda bo’ladi. Orqa miyada bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza segmentlar joylashgan. Orqa miyaning har bir segmenti bir juftdan 31 juft nerv tolasi chiqadi, ular gavda, qo’l, oyoq muskullari va terini nerv bilan ta’minlaydi. Orqa miya sklet muskullarini harakat refl;eksini amalga oshiradi (tirsak, tizza, panjalar reflekslari).
Uzunchoq miya- orqa miyaning davomi.

Antropometriya (somotometriya,fiziometriya,somotoskopiya).Bolalarning qad-qomati shakllanishiga sinf va sinf jihozlarining ta’siri.Ko’z qovoqlarini yumib ochish refleksi,tibbiyot bolg’achasi yordamida aniqlash.Tizza refleksi,Moro refleksi,Axill refleksi
Gonioskopiya - ko‘z oldi kamerasi burchagini goniolinza va tirqishli lampa yordamida tekshirish usuli.Oldingi kamera burchagi shox parda chekkasidagi yarim tiniq qismi - limb ostida joylashgan va u tashqaridan oddiy ko‘z bilan qaraganda ko‘rinmaydi. Shuning uchun oldingi kamera burchagi mikrotuzilishini ko‘rish uchun Van-Boyningen, Krasnov, Goldman gonioskoplari ishlatiladi. Bu gonioskoplap murakkab joylashtirilgashisha va linzalar tizimidan iborat. Tekshirish paytida goniolinza instillyatsion anesteziyalangan ko‘zning shox pardasi yuzasigaKo‘rish a’zolarini tekshirish usullarini qo‘liashni ikki davrga bo‘lish mumkin: birinchi davrda umumiy oftalmologik tekshirish usullari qoilaniladi. Bu bemorning oftalmolog qabuliga yoki statsionarga kirib kelishidan, uning k o ‘zi xastaligi haqidagi shikoyatlarini eshitish, kasallik tarixi (anamnesis morbi), hayotarixini (anamnesis vitae) va umumiy organizmi holatini aniqlash, ko‘zlarini qarab tekshirib dastlabki tashxis qo‘yish va zarur doridarmonlami buyurishgacha bo‘lgan davrda qo‘llanilgan usulardir.
Bularga shifokorning bemorni ko‘zdan kechirishi, uning ko‘zini yonidan nur tushirib qarashi, shox parda sezuvchanligini tekshirishi, ko‘rish oHkirligini tekshirishi, biomikroskopiya, ko‘z ichiga nur yuborib qarash, ko‘z ichi bosimini o'lchash va zarur bo ‘lsa, ko'pincha, refraktometriya va oftalmoskopiyadan foydalanish usullari kiradi.Bemorlami tekshirishning ikkinchi davrida klinik diagnoz qo‘yish uchun va agar ko‘zdagi patologiya juda og‘ir va murakkab bo‘lsa, yana qo‘shimcha bir qator spetsifik tekshirish usullari: rangliperimelriya, oftalmoxiomoskopiya, gonioskopiya, tsikloskopiya, tonografiya, exobiometriya, ekzoftalmometriya, diafanoskopiya,oftalmodinamometriya, angiografiyalar qo'llanilib, bular asbob uskunalar yordamida bajariladi.Shifokorning yana bir vazifasi bemor qabulxonaga kirib kelishidan boshlab, uni diqqat-e'tibor bilan kuzatish, uning qaddi bastiga, qadam tashlashi, nigohiga ahamiyat berishi kerak. Shunda bemorning engashib yurishi, oqsoqlanishi, ozg‘in yoki juda semizligi,uning rangi-ro‘yi, yuzidagi turli xil toshma, yara yoki chandiqlari borligi ko‘zga tashlanadi. Bular ko‘z kasalligining patogenezini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Bemor bosh suyagining shakli boshqacha, juda katta yoki kichkina, ko‘z kosalarining simmetriyasi o‘zgargan biri katta, ikkinchisi kichik, ko‘z soqqasi noto‘g‘ri joylashib, chaqchaygan kokz, yoki buqa ko‘zbo'lsa, bu turli umumiy surunkali kasalliklar - toksoplazmoz, sil, zahm, bod, jigar, buyrak, alkogolizm va boshqa kasalliklardan darak berishi mumkin. Chaqchaygan ko‘z qalqonsimon bezning patologiyasidan, buqa ko‘z esa, ko*z kosasida o‘sma, o‘tkir yallig*lanish borligidan yoki qon quyilganidan bolishi mumkin.
Agar bemorning ko‘zlari kam harakat, boqishi tikka yoki sal tepaga-yuqoriga yo'nalgan bo'lsa, bu ko‘rish o‘tkirligining juda pasayganligidan, yoki u ko‘zini yaxshi ocholmay, yorug* nurga qaray olmasa, bu ko‘zining o‘tkir yalligianganidan darak beradi. Bemorning pastki jag‘i ostida yoki bo‘ynidagi chandiq ko'pincha tuberkulyozga uchragan va u ko‘z pardalari yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.Bemor shifokorning yoniga kelib o‘tirgach, avvalo uning ijtimoiy ahvolini aniqlash, so’ngra shikoyatlarini diqqat bilan tinglamoq zarur. Uning nutqi va muomalasiga ham ahamiyat berish kerak. Agar u ko‘zim birdan og*rib qoldi, achishdi, qizardi, yoshlandi desa ko‘z pardalarining yallig‘langani, ko'zimga kecha qum tushdi yoki sim tegib ketdi desa, bu ko'zning shikastlanib yallig‘langanidan darak beradi. Bemor 2-3 oydan beri ko‘zim xira yoki ko‘p narsalarga ko‘zim o‘tmayapti yoki ko‘zim butunlay ko‘rmay qoldi, lekin hech qizargani ham og‘rigani ham yo‘q desa, bu ochiq burchakli glaukoma, ko‘rish nervi atrofiyasi, to‘r parda distrofiyasidan, yoki 3-4 haftadan beri ko ‘zimga mayda-mayda nuqtalar yaltirab k o ‘rinadi desa, bu donachalar xorioidit, xorioretinitdan, yoki ko‘zimda bir nuqta paydo bo‘lgan, qancha artsam ham ketmaydi yoki shu k o ‘zim bilan qaraganda elektr lampasi ikkita ko‘rinadi desa, bu qarilik kataraktasi boshlanayotganidan darak beradi.Agar bemor ba’zida charchaganimda yuragim o‘ynab, ko‘zlarim jimirlashadi va ko‘zimdan chaqmoq chaqqandagiga o'xshash chiziq va burchakli siniq chiziqlar paydo bo‘ladi desa, bu qon bosim ko‘tarilganidan, bosh miya ko‘ruv nervi va ko‘z ichki pardalari qotomirlarining spazmga uchraganidan dalolat beradi.
Tizza refleksining paydo bo'lishi to'rt boshli mushakning payiga bolg'a bilan urilganda uning qisqarishi bilan bog'liq. Bu qisqarish oyoqni to'g'rilashga majbur qiladi. Zarba to'g'ridan-to'g'ri patella ostida etkazilishi kerak, chunki ekstansor to'rt boshli tendon tibia boshida joylashgan. Kuch bilan urish kerak emas, asosiysi, mushaklar imkon qadar bo'shashgan.
Agar an'anaviy usul ishlamasa, tizza refleksining namoyon bo'lishining yana bir qancha usullari mavjud:

  • odamni stulga o'tirish kerak, shunda oyoq barmoqlari erga tayanadi va oyoqlari 90 darajadan bir oz ko'proq burchak ostida egiladi. Chiqib ketgan patella ustiga zarba yuqoridan pastgacha qo'llanilishi kerak. Natijada patella ko'tariladi;

  • kerakli oyoqning tizzasi ikkinchi tizzaning ustiga qo'yilishi kerak;

  • oyoqlaringiz bo'shashgan holatda osilib turishi uchun siz baland o'rindiqdan foydalanishingiz mumkin;

  • Shuningdek, bemorni tizzalarini bir-birining ustiga qo'yib, orqa tomoniga tushiradigan usul ham mavjud.


Download 108.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling