Organizm rivojlanishiga irsiyat va muhitning ta’siri. Akseleratsiya,retardatsiya. O’sish va rivojlanish geterosroniyasini tablitsa va sxemalar yordamida o’rganib chiqish
Bolalarda oliy asab faoliyati tiplari.Bolalarda nutq rivojlanishi va oliy asab faoliyati tiplarining o’ziga xos xususiyatlari
Download 108.95 Kb.
|
Fiiziologiya.Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasodif va ma’noviy eslab qolishda xotira imkoniyatlarini aniqlash
Bolalarda oliy asab faoliyati tiplari.Bolalarda nutq rivojlanishi va oliy asab faoliyati tiplarining o’ziga xos xususiyatlari
Bosh miya yarim sharlari va ularning po’tlog’i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo’lib hisoblanadi. Odamning hulqi idroki, fikirlashi ongi va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo’lib u bosh miya yarim sharlari va ular po’stlog’ida joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bog’liq. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab refleks orqali namoyon bo’ladi. Bu reflekslar odamni tashqi muhit bilan bog’lanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini taminlaydi. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi. Odam birinchi va ikkinchi signallar sistemasi hayvonlarda faqat birinchi signal sistemasi bo’ladi. Odanmning oliy nerv faoliyati o’ziga xos anglash, abstrak fikirlash, so’zlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqeylikni ikkinchisi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so’zlardan iborat bo’lib, predmetlarni ayrim belgilarini farq qilish va ularni umumlashtirish. Ular o’rtasidagi bog’lanishlarni vujudga keltirish xususiyatiga ega. Ko’rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlarini birinchi signal sistemasi bo’lib ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli o’xshash. Bu sezgi organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri ya’ni shunga tegishli markazlarida reflekis hosil qiladi . Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqi og’zaki va yozma nutq rivojlanganligidir. Nutqi ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog’lashning yangi shakillari paydo bo’ladi. ”Rivojlqanib borayotgan hayvonot dunyosiga - deb yozgan edi I.P. Pavlov –odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlarga nixoyatga katta qo’shimcha qo’shildi .“ Bu qo’shimcha odamga nutq paydo bo’lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bo’ladi. Organik dunyo taraqiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bo’g’lashning yangi faqat odamga-gina xos bo’lgan ikkinchi signal sistemasi qaror topdi , “homo sapens” oilasi paydo bo’guncha hayvonlar deb yozgan edi I.P.Pavlov - atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma –xil reseptor mexanizmlarga ta’sir etadigan va markaziy nerv xujayralariga yetib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita ta’surotlari orqaligina o’sha dunyo bilan a’loqga qilar edi. Bu ta’surotlar tashqi abyektlarining birdan – bir signallari edi . Odamda ikkinchi darajali signal birinchi signallarning signali - talaffus etiladigan , eshitiladigan, ko’riladigan so’zlar ko’rinishida paydo bo’lib rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga yetdi. Odamda sust alohida ahamiyat kasb etadi. So’z deb yozadi I. P. Pavlov birinchi signallarning signali bo’lib voqeliqni faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasining tashkil etadi. Nutqning rivojlanishi odamlarning biri –biriga munosabatini osonlashtirib mexnat turlarining ko’payishiga, ong rivojlanishiga sabab bo’ladi. Pavlov, “nutq bizni odam qildi “ degan edi. Odam shartli refleks bilan shartsiz ta’surot bilan mustahkam lanib borish asosidagina emas balki nutq yordamida ham hosil bo’lishi mumkin edi. Masalan: boshlang’ich maktab o’quvchilarda qo’ng’iroq ovoziga javoban sharti refleks paydo bo’lgandan so’ng shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma shakldagi qo’ng’iroq so’zi ishlatilsa bola qo’g’iroq ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa qo’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martadayoq xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyati asosida shartli refleks xosil bo’lishi odam oily nerv faoliyatining sifat jixatidan o’ziga xos bo’lgan xusisiyatdir . Shartsiz refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar po’stloq prosesslarini xarakati qanday qonunlarga bo’ysunsa odam bosh miya po’stlog’ida nutq asosida yuzaga keladigan bog’lashlar ham xuddi o’sha qonunlarga bo’ysunadi. I.P. Pavlov ko’rsatib o’tganidek oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos bo’lgan xususiyati birinchi signal sistemasi orqali tushadigan signallarni ajratib olib mulohaza qilish va ummumlashtirish qobilyati ikkinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro bog’langan bo’lib bir-biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zning signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas balki so’zning lug’aviy manosi bilan bog’liqdir tovushlarning qo’shilib ketishi bilan bir- biriga o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa u xolda unday so’zlarga signal manosi garchi boshqacha bo’lsa ham bir xil reaksiya bilan javob beraveradi. Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola xayotining birinchi yilidagi so’ngi oylar va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davri xisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topishi prsessi shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlarida muvofiq o’tadi. Bolada yarim tovush va fonemalar xayotining dastlabki oylarida ham paydo bo’lsada lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o’ynamaydi va faqat odamga xos bo’lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go’yo tayyorgarlik davri bo’lib xisoblanadi . Tasodif va ma’noviy eslab qolishda xotira imkoniyatlarini aniqlash Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas. Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira). Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi: - yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni; - unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati; - yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni; - o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati; - qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati; - xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi. Xotira quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: esda olib qolish, esda saqlash va unutish. Esda saqlash – bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy). Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, o‘rmondagi sayr yoki spektakl tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko‘zlamagan bo‘lsakda, taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘liq bo‘lgan, barchasining esda saqlanib osonroq kechadi. SHuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi. Ixtiyoriy esda saqlash maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘yib, yod olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy esda saqlash yod olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos murakkab aqliy faoliyatdir. Matarialni esda olib qolish usulariga yod olish kiradi, uning mohiyati o‘quv materialini to‘liq va xatosiz yod olmagunicha ko‘p marta takrorlashdan iborat. Masalan, she’r, qoida, ta’rif, qonunlar, formulalar, tarixiy sanalar va boshqalarni yod olish. Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko‘ra anglangan va mexanik esda olib qolish ajratiladi. Mexanik esda olib qolish – bu idrok qilinayotgan materialning turli qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqani anglamasdan turib esda olib qolish. Bunga misol tariqasida statistik ma’lumotlar, tarixiy sanalar va h.k.larni esda olib qolishni keltirish mumkin. Mexanik esda olib qolishining asosini bog‘langanlik bo‘yicha assotsiatsiyalar tashkil etadi. Materialning bir qismi ikkinchisi bilan vaqt bo‘yicha uning orqasidan kelganligi sababli unga bog‘lanadi. Bunday bog‘lanishning yuzaga kelishi uchun materialni ko‘p marta takrorlash lozim. Bundan farqli o‘laroq, anglangan holda esda olib qolish materialning alohida qismlari o‘rtasidagi ichki mantiqiy aloqalarni tushunishga asoslangan. Anglangan holda esda olib qolish doimo tafakkur jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosan, material qismlari o‘rtasidagi ikkinchi daraklovchi tizim darajasidagi umulashtirilgan aloqalarga tayanadi. Xotira faoliyat maqsadiga bog‘liqligiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiralarga bo‘linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega bo‘lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. SHunday maqsad ko‘zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so‘z yuritiladi. Axborot saqlashning vaqt bo‘yicha belgilanganligiga bog‘liq ravishda xotirani qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo‘lish mumkin. CHegaralangan vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan va ushlab qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan ajralib turadigan xotira qisqa muddatli xotira deyiladi.Bu xotira idrok qilinganlarning faqatgina umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik elementlarini saqlab qoladi. Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt bilan chegaralangan. Uzoq muddatli xotira – materialni chegaralanmagan vaqt oralig‘ida va axborotni chegaralanmagan hajmda ushlab qolish xususiyatiga ega bo‘lgan xotira turlaridan biri. Download 108.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling