Organizm rivojlanishiga irsiyat va muhitning ta’siri. Akseleratsiya,retardatsiya. O’sish va rivojlanish geterosroniyasini tablitsa va sxemalar yordamida o’rganib chiqish


Jismoniy ish qobiliyatchanligining yoshga,jinsga va jismoniy rivojlanishga bog’liqligi


Download 108.95 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi108.95 Kb.
#1602572
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fiiziologiya.Mustaqil ish

Jismoniy ish qobiliyatchanligining yoshga,jinsga va jismoniy rivojlanishga bog’liqligi
Erkak va ayollar organizmining jismoniy imkoniyatlari bir xil emas. Erkaklar kuchli jismoniy zo’riqishlarni yengil bajaradilar, ular katta kuchga harakatlar aplitudasiga ega. Ayollar chidamli bo’lib, uzoq muddatli monotonli ishlarni yaxshi bajaradilar. Shuning uchun o’g’il bola bilan qiz bolalarni jismoniy tarbiyalash usullari birmuncha farq qiladi. Chidamlilikni, tezlikni rivojlantirish mashqlari, harakatlar aniqligi, o’quvchilarning har ikkala jinsi uchun bir xil foydali, lekin o’g’il bolalarga kuchli rivojlantirish uchun, qiz bolalarga esa elastiklikni rivojlantirish uchun qo’shimcha mashqlar zarur. Ko’pchilik o’smir qizlar va voyaga yetgan qizlar jismoniy mashqlarning qadriga yetmaydilar. Ular jismoniy jihatdan yetarli aktiv emas, 10-12 yoshdagi qizlarning jismoniy imkoniyatlari 16-17yoshdagi qizlarga qaraganda goho yuqori bo’lishi bejiz emas, bu ayollar organizmining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi.
O’g’il bolalar, o’smirlar va o’spirinlar o’zlarining jismoniy imkoniyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatlariga ega bo’ladilar. Ular ko’pincha jismoniy kuchlarga ortiqcha baho beradilar, kam namoish qilinadigan, ammo hayotiy birmuncha muhim xusususiyatlarni mensimaydilar, ayniqsa chidamlilik qadriga yetmaydilar. Xususan o’smirlar va o’spirinlar birinchi navbatda shuni esda tutish kerakki, atrofdagilar hurmatiga, jismoniy xususiyatlarni namoish qilib emas, balki faqat foydali ishlar bilangina sazovor bo’lish mumkin.Jismoniy tarbiya organizmga rivojlantiruvchi, takomillashtiruvchi va tuzatuvchi ta’sir etadi. U qaddi-qomatdagi nuqsonlarni-umurtqa pog’onasining qiyshayganligini , bukchayganlikni yo’q qiladi; jismoniy mashqlar yordamida qomatdagi ayrim kamchiliklarni, ya’ni ko’krak botiqligi, yelka kichikligi va muskullar yaxshi rivojlanmaganligini ham to’g’rilashi mumkin. Erkak va ayollar uchun maxsus mashqlar kompleksi mavjud, ularda organizmning xususiyatlari, erkak va ayolar qomatiga bo’lgan estetik talablar hisobga olinadi. Bundan tashqari jismoniy mashqlar odamning psixik holatini, tashqi ko’rinishini va kayfiyatini yaxshilaydi, umumiy hayotiy tonusni oshiradi.
Jismoniy yuklamalarda kuzatilgan a’zolar giperfunksiyasi, shu a’zolar hujayralarida nuklein kislotalar va oqsillarning sintezi aktivlashadi. Muntazam mashqlar sharoitida, hujayra ginetik apparatining funksional holati oshishi-organizmning fiziologikfunksiyalari plastik mutanosiblikni amalga oshirish ro’y beradi. Muskul faoliyatiga shunchalik chuqur ta’sir etishi mumkin-ki, bunda genetik apparat va oqsil biosintezi faoliyatini o’zgartirishi mumkin.Bunday xulosalarga asos bo’lib, tibbiy genetika sohasidagi tekshiruvlarning natijalarixizmat qiladi, ularda genetik “yuk” muammolari bilan birga genetik dasturning yanada muhim tomoni-odam sog’lig’ini yuqori darajasini ta’minlovchi normal allellarnnig to’liq ta’siri aniqlanadi.
Hozirgi zamonda bolalar va o’smirlar rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri, organizmning tashqi omillariga nisbatan yuqori ta’sirchanligi va moslanuvchanligi bo’lib, bular natijasida qulay tashqi shart-sharoitda hamda har tomonlama oqilona majmuali ta’lim tarbiya olib borilganda, umumiy jismoniy rivojlanish va salomatlikning yaxshilanishi, ruxiy (psixik) takomillashuvi yuz beradi. Ko’pgina biologik xususiyatlarning yuksak darajadagi uyg’unlikda rivojlanishiga erishish uchun yordam beradigan omillar orasida jismoniy tarbiyaning, har bir yosh bosqichga, ayniqsa, kasb taqozo etadigan gipodinamiya va gipokineziya sharoitida muvofiq bo’lgan mushaklar faoliyatini kuchaytirishning ahamiyati juda katta.
Faol harakatchanlik konsepsiyasi insonda mavjud bo’lgan harakatlarga tug’ma, tabiiy, biologik ehtiyojga, hayvonlardagi xuddi shunga o’xshashehtiyojga asoslanadi. Harakat faolligi darajasi irsiy jihatdan shartlangan miqdor bo’lib, har bir biologik turda o’ziga xos, yangi tug’ilgan go’daklar hayotining dastlabki yillarida bu miqdor eng yuqori bo’ladi, bu oranizmning o’sishi va rivojlanishi sharoitlarini ta’minlashda, gomeostazning shakllanishida skelet mushaklarining qatlashish ehtiyoji organizm rivojlangani sayin pasayib borishi mumkin: bunga tarbiya xususiyatlari va turmush tarzi ham katta ta’sir ko’rsatadi; kasallikda bunga ehtiyoj juda past. Harakat ehtiyojining pasayishi bilan bir vaqtda ontogenezda organizmning qarish belgilari ko’payib borayotgani kuzatiladi, bunga quyodagi bog’liqlik aniqlangan: individning harakat faolligi nechog’li past bo’lsa, uning hajmida qisqarish qanchalik erta kuzatilsa, evolyutsiya jarayonlari organizmning funksional imkoniyatlari, ijtimoiy faolligi torayishi shunchalik namoyon bo’ladi. Jismoniy mashg’ulotlarga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirish, harakatlar hajmini boshqarish ITI davrdagi dolzarb ijtimoiy vazifa bo’libgina qolmay, asosli umumbiologik muammo hisoblanadi.Organizm uchun harakat faolligi darajalarining muayyan oraligi mos bo’lib, uning o’rtasi salomatlikni rivojlantirish uchun eng maqbul sanaladi, uning chegaralari esa bunday emas. Harakat ehtiyoji eng maqbulini ko’zdda tutadi, faollikni shunchaki oshirishga intilish organizm uchun haddan ortiq bo’lishi mumkin. Hozirgi zamon sharoitida turmush tarzining o’zgarishi natijasida harakat faolligi pasayishining ikki jihati mavjud. Gap harakatlarning umumiy chegaralanishi, quvvat sarflash darajasining pasayishi, harakatlanish tufayli yuzaga keladigan afferentatsiyaning kamayishi va natijada faoliyat darajasining nihoyatda pasayib, atrofik o'’garishlarning yuzaga kelishi xususida ketyapti. Shu bilan birga umumiy cheklashda katta mushaklardan, ayniqsa yelka, qo’l panjalari hamda nuta mushaklaridan muntazam, ancha shiddatli tarzda foydalaniladi, bunda inson mehnati qanchalik chuqur ixtisoslashgan, turmushi mexanizatsiyalashgan bo’lsa, u shunchalik kam harakatlanadi. Organizmdagi har qanday tizim harakatsiz qolishi bilan uning to’laqonligi pasayadi, bu biologiyaning umumiy qonunidir. Moslashuvchanlikni saqlab turuvchi va rivojlantiruvchi harakat faolligi chegaralanganda, odam tashqi muhitning k’oplab o’zgaruvchan omillari oldida nisbatan himoyasiz bo’lib qoaldi. Insoniyat taraqqiyotida yetakchi ahamiyat kasb etgan jismoniy faollik hozirgi vaqtda biologik hamda ijtimoiy jihatdan dolzarb bo’lib bormoqda.
Jismoniy faolligi va umrini davomiyligi jihatidan bir-biridan farq qiluvchi o’zaro yaqin qarindosh turlarning (uy-quyoni-yovvoyi quyon, sigir-ot, kalamush-olmaxon) ayrim fiziologik hamda morfolik ko’rsatkichlarni taqqoslash bilan bog’liq tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, jismoniy faollikning, ayniqsa mushak yuklamalari dinamik tarkibiy qismini ortishi umrni jiddiy darajada uzaytiruvchi vositasi ekan. Shuningdek maqbul jismoniy yuklama asosiy almashinuvning pasayishiga, shuningdek, organizmnnig to’g’ri faoliyat ko’rsatishida muhim bo’lgan ATF, oqsil miqdori va boshqa ko’rsatkichlarning ortishiga olib kelishi aniqlandi.

Download 108.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling