Organizm rivojlanishiga irsiyat va muhitning ta’siri. Akseleratsiya,retardatsiya. O’sish va rivojlanish geterosroniyasini tablitsa va sxemalar yordamida o’rganib chiqish


Nafasning rivojlanish ko’rsatkichlari (nafas chastotasi,chuqurligi,o’pkaning tiriklik sig’imi).Jismoniy ishning nafas ko’rsatkichlariga ta’siri


Download 108.95 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi108.95 Kb.
#1602572
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fiiziologiya.Mustaqil ish

Nafasning rivojlanish ko’rsatkichlari (nafas chastotasi,chuqurligi,o’pkaning tiriklik sig’imi).Jismoniy ishning nafas ko’rsatkichlariga ta’siri
Voyaga yetgan odam daqiqasiga15-17 marta nafas harakatlarini bajaradi: bir marta tinch-normal nafas olganda 500 ml havo oladi. Jismoniy ish bajarganda nafas olish 2-3 martaga tezlashadi. Ayrim sport mashqlarini bajarish paytida nafas harakatlari daqiqasiga 40-45 martagacha ortadi.Jismoniy mashqlar bilan chiniqqan odamlarda aynan bitta ishni bajarish paytida o’pka ventilyasiyasining hajmi asta-sekin orta boradi, ya’ni nafas olish shunchalik sekin, lekin chuqur bo’ladi. Chuqur nafas olinganda alveolyar havo 80-90 % ga ventilyasiya qilinadi, ya’ni alveolalar orqali katta miqdordagi gazlarning diffuziyasini ta’minlaydi. Yuzaki va tez-tez nafas olinganda alveolyar havoning ventilyasiyasi jiddiy darajada kam bo’ladi va nafasga olinayotgan havoning nisbatan katta qismi o’lik bo’shliq deb ataluvchi –burun,halqum, og’iz bo’shlig’i, kekirdakda va bronxlarda qoladi. Shunday qilib, sport bilan shug’ullangan odamlar qoni sport bilan shug’ullanmagan odamlarnikiga nisbatan kislorod bilan juda yaxshi to’yinadi.Nafasning chuqurligi bir marta nafas olinganida o’pkaga tushadigan havoning hajmi nafas havosi bilan xarakterlanadi.
Yangi tug’ ilgan bolalarda nafas olish yuzaki va tez bo’ladi. Nafas chastotasi juda o’zgaruvchan bo’lib, uyqu paytida bir daqiqadagi nafas sikli 48-63 martagacha yetadi.Bolalar hayotining birinchi yilida ularning bedorligi paytida nafas harakatlarining chastotasi daqiqasiga 50-60 marta, uyqu davrida 35-40 martani tashkil etadi. 1-2 yoshli bolalarning bedorligi paytida nafas chastotasi, 35-40, 2-4 yoshli bolalarda –25-35 va 4-6 yoshli bolalarda bir daqiqada 23-26 marta nafas harakatlari kuzatiladi. Maktab yoshidagi bolalarda yana ham nafas harakatlarining kamayishi (18-23 marta 1daqiqada) kuzatiladi.
Bolalardagi katta miqdordagi nafas harakatlari yuqori o’pka ventilyatsiyasini ta’minlaydi. 1oylik bolalarning nafas havosining hajmi 30 ml,1 yoshda –70 ml, 6 –yoshda –156 ml, 10 yoshda –230 ml, 14 yoshda –300 ml ni tashkil etadi.Bolalarda nafas harakatlari chastotasi katta bo’lganligi nafasning minutlik hajmi voyaga yetgan odamlarnikidan jiddiy darajada yuqori (1 kg tirik vaznga nisbatan).Nafasning minutlik hajmi – bu odam 1 daqiqa davomida oladigan havoning miqdoridir: bu miqdor nafas harakatlarining soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Yangi tug’ ilgan bolalarda nafasning daqiqalik hajmi 650-700 ml havoni, hayotining birinchi yilini oxirida – 2000-2600 ml, 6 yoshda –3500 ml, 10 yoshda – 4300 ml ni, 14 yoshda –4900 ml ni tashkil etsa, voyaga yetgan odamlarda 5000-6000 ml ni tashkil etadi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o`pkalarga, ya`ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi. Odam tinch holda nafas olganda, uning o`pkalariga o`rtacha 500 ml havo kiradi va nafas chiqarganida 500 ml havo chiqariladi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olganida yuqoridagi 500 ml havodan tashqari, o`pkalarga yana 1500 ml havo kiradi. Chuqur nafas chiqarganda, xuddi shuncha (1500 ml) havo chiqariladi.Bunga qo`shimcha havo deyiladi. Agar odam chuqur nafas chiqarib, so`ngra chuqur nafas olsa, nafas havosi va qo`shimcha havodan tashqari o`pkaga yana 1500 ml havo kiradi. Bunga rezerv havo deyiladi. Shunday qilib, nafas havosi (500 ml) qo`shimcha havo (1500 ml) va rezerv havo (1500 ml) lar yig`indisi o`pkaning tiriklik sig`imi deyiladi. Bu erkaklarda o`rtacha 3500 ml, ayollarda 3000 ml bo`ladi.
O`pkalarning tiriklik sig`imi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr ikki xil bo`ladi: suvli spirometr va havoli spirometr (36-rasm). O`pkalarning tiriklik sig`imini aniqlash uchun odam chuqur nafas olib, so`ngra spirometr asbobining naychasiga bor kuchi bilan chuqur puflaydi. Suvli spirometr ichki tsilindrining yuqoriga ko`tarilishiga, havoli spirometrning esa strelkasi siljib ko`rsatgan raqamiga qarab, o`pkalarning tiriklik sig`imi qancha ekanligini bilish mumkin.Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanuvchi, chiniqqan odamlarda o`pkaning tiriklik sig`imi ortib, 4500 -6500 ml ga etadi. Aksincha, jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanmaydigan odamlarda o`pkaning tiriklik sig`imi, yuqorida ko`rsatilgan normadan (3500 mm dan) kam bo`lishi mumkin. O`pkalar tiriklik sig`imini kam yoki ko`p bo`lishiga qarab, odamning jismonan chiniqqanligi yoki chiniqmaganligiga baho berish mumkin.

Download 108.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling