Organizmlarning tashqi muhitga moslashishi
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning eng asosiy omili
Download 407.81 Kb.
|
Botiraliyev Feruza
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning eng asosiy omili.
Qishloq xoʻjaligi — moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Qishloq xoʻjaligi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom-ashyo bilan taʼminlaydi. Masalan, qishloq xoʻjaligi ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 %ini, qandolat sanoatida deyarli 70 %ni, yog’ va sut sanoatida esa qariyb 80 %ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 %i shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakat milliy daromadning tahminan 1/3 qismini tashkil qiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish sur’atlari koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajalariga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, „Mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday qishloq xoʻjaligi qurilishi boʻlishi mumkin emas“, — deb taʼkidlagan. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda qishloq xoʻjaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar); Oʻz navbatida, dehqonchilikda ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik[1]) va chorvachilik tarmogʻidagi chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi. Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirida dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlarga ega boʻlganlar parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan. Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2 %i (1316,7 mln. kishi) band. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. gektar, (jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. gektar, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.gektar (1998).) 1999-yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqiladi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi Tayanch iboralar:tabiiy sharoit, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: Dehqonchilik-oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish bilan xarakterlanuvchi qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish mavjud mehnat resurslariga ham bogʻliqdir. Dalachilk-(asosiy tarmoq), savzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoqlarga boʻlinadi. (OʻzME.Birinchi jild. -Toshkent..2000-y.) G'allachilik-dehqonchilikning asosiy tarmoqlaridan biri. Gʻallachilikni rivojlanishi tabiiy, biologik, iqtisodiy omillar bilan bogʻliqdir. Gʻalla yetishtirish hozirgi dehqonchilikda mehanizatsiyaning yuksak darajada ekanligi bilan farq qiladi. Gʻalla ekinlaridan almashlab ekishda keng foydalaniladi: shudgor uchun yerlarga dam berilganda, ayniqsa, hosildor boʻladi. Bu jarayon bugʻdoy-gʻalla ekinlarida yuqori ahamiyatga ega. Kuzgi bugʻdoy, kuzgi va bahorgi davrlardagi yogʻin suvlaridan toʻlaroq foydalanadi, shu sababli bu bugʻdoy navi serhosil boʻladi. Dukkakli don ekinlariga noʻxot, yasmiq, loviya, soya, mosh va boshqalar kiradi. Jahonda eng koʻp yetishtiriladigan dukkakli ekin Soya (AQSH) boʻlib, u namgarchilikni yaxshi koʻradi. Mosh bilan noʻxat issiqlikka chidamli boʻlganidan asosan Markaziy Osiyoda ekiladi. Sholi — tropik ekin boʻlib, 12-15° boʻlganda una boshlaydi. Vegetatsiya davri uzoq, lekin sovuqqa chidamsiz. Chorvachilik boqiladigan chorva mollarining turlariga, ulardan olinadigan mahsulotlar va yem-xashak zaxirasining xususiyatlariga qarab tarmoqlarga boʻlinadi: ~Qoramolchilik ~ Qoʻychilik ~Choʻchqachilik ~ Parandachilik ~ Echkichilik ~ Yilqichik ~ Tuyachilik ~ Bugʻuchilik ~ Pillachilik ~ Asalarichilik ~Baliqchilik Yurtimizda 2019-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻsish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017-2019-yillarda qishloq xoʻjaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019-yil narxlarida) oshdi. Shu bilan birga, oʻsimliklarni yetishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar oʻsdi Shavkat Mirziyoyevning „Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi[1]. Unga koʻra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha yanvar-fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan[ Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich 2022-2024-yillarni oʻz ichiga oladi. 2-bosqich 2024-yilda amalga oshirilib, bevosita qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbiri bajariladi, yaʼni qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar yigʻiladi. 3-bosqich — 2024-2026-yillarda amalga oshiriladi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI Download 407.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling