Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1106405
1   2   3   4   5
Bog'liq
isajon-sulton-hikoyalarida-bo-ri-obrazi

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
315 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
kabi o‘zgacha inson ichki dunyosini qitiqlaydigan, o‘yga toldiradigan va mushohada 
qilishga arziydigan hodisalarni uchratamiz. 
Buni ikki hikoya, ya’ni “BO‘RI”, “TUMAN” hikoyalari misolida tahlil 
qilamiz. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. 
Ishda Isajon Sulton ijodi va undagi turkiy xalqlarning qadimgi totemi - bo‘ri 
obrazi haqidagi ilmiy ishlar tahlil etilgan. Unda qiyosiy-chog‘ishtirma, tarixiy-
tipologik metodlardan foydalanilgan.  
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ma’lumki, dunyo xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar va ularning bir qismi 
bo‘lgan o‘zbek xalqi orasida ham bo‘ri totemi va bo‘ri kultiga ishonch keng 
ommalashgan. 
Bo‘rining 
muqaddaslashtirilishi 
tarixi, 
bu 
jonivor 
xalq 
ishonchlari,bo‘rining marosim va irimlardagi ifodasi kabi masalalar ham olimlar 
tomonidan yoritib berilgan
2
.haqidagi
YOzuvchi Isajon Sulton ham o‘z hikoyalarida hayvon tasvirlariga, ayniqsa, 
bo‘ri obraziga alohida va turlicha yondashgan. 
Ijodkorning “Bo‘ri” hikoyasida otaning bo‘ri haqidagi xotiralari esga olinishi 
orqali inson va bo‘ri ruhiyatidagi erk,ozodlikni istovchi tuyg‘u birlashib ketganini 
kuzatish mumkin. Hikoya shunchaki qishloqqa oralagan bo‘rini tutish, uni 
o‘ldirish,xalqni xavfdan ozod qilish yoki qahramonning bo‘ri bilan uchrashuvidan 
iborat emas. “Ichimda yovvoyi bir hayajon bosh ko‘taradi .Oy yog‘dusi ostida 
yastanib yotgan o‘sha kengliklarga borgim keladi. Ammo bolalar katta bo‘lishyapti-
ku.. Ularni o‘qitishim, uylab –joylashim kerak.... Ha, tashvishlarim mo‘l. Ularni ado 
etish otalik burchim, bajarmasam bo‘larmidi? Ammo bir faslga bo‘lsa-da, tin olgim 
keladi-da. Miyamni charsillatar darajada og‘ir tashvishlar charchatganida, bir nafas, 
atigi bir nafasgina o‘sha yoqlarga ketsam...Kim bilsin ,butalar ostida nigohini menga 
xotirjam tikib turgan o‘sha bo‘rini yana ko‘rsam ajabmas......”
3

Bola –chaqali , hayot tashvishlari ko‘p otaning ichidagi istagi bu –erk 
istagi,erkinlik istagi. Bu erkinlik faqat tashqi omillar bilan bog‘liq emas. Qahramon 
ichki olamida insoniy orzu havaslar, ularga tobelikdan qutulish istagi jo‘sh uradi. 
Biroq uning ruhi har qancha ozodlik istamasin, moddiy dunyo va oilasi 
tashvishlaridan boshini ko‘tara olmaydi. Garchi o‘sha voqeaga ,ya’ni bo‘rini 
uchratganiga ancha yillar o‘tib ketgan bo‘lsa ham, bo‘ridagi mag‘rurlik, kelbatli, 
erkinlikni istovchi qalb unga yaqin bo‘lgani uchun hali unutgani yo‘q. 
2
Потапов Л.П.Волк старинных народных поверьях и приметах узбеков.-С. 135-142.
3
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/irsazhon-sulton-b-ri-ikoya/ 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling