Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65
O‘zbek bastakorlik san’ati
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika
O‘zbek bastakorlik san’ati.
Yunus Rajabiyning hayoti va ijodi (1897–1976) O‘zbek xalq musiqiy merosini milliy qadriyatlarimizning bir bo‘lagi sifatida o‘rganish hozirgi davrda dolzarb masalardan biridir. O‘zbek musiqiy merosimizga nazar tashlar ekanmiz, o‘tmishdan xalq ichidan yetishib chiqqan va o‘zlarining ijro mahoratlari, murabbiyliklari bilan xalq dilidan joy olgan san’atkorlarimiz ko‘z o‘ngimizda gavdalanadilar. Ular ichida musiqa san’atimizning birinchi akademigi Yunus Rajabiyning alohida o‘rinlari bor. U kishi yashagan davr ijodining takrorlanmas qirralari mavjudki, ularning merosini o‘rganish kelgusida yaratilajak cholg‘uchilik mahoratini rivojlantirishda ijobiy bosqich bo‘lib xizmat qiladi. Yunus Rajabiy sozandalik, xonandalik va bastakorlik san’atini bunyodkorlaridan bo‘lib, ma’rifiy va ta’limiy faoliyat bobida mashhurdir. Milliy mumtoz musiqa san’atining yirik namoyandasi, cholg‘uchi ustozlarning yo‘lboshchisi, taniqli bastakor Yunus Rajabiyning ijodiy pedagogik qarashlari va cholg‘uchilik faoliyatiga 73 katta ahamiyat berishimiz kerak. Yunus Rajabiy 1897-yili Toshkentda tug‘ilgan. U dastavval eski usul maktabida o‘qiydi. Eski maktabda o‘qigan paytlarda musiqaga havas uyg‘ona boshlagan. O‘zlari nay chalganlar, yaxshigina dutor ham chertgan. 1916-yilda mashhur sozanda va xonanda Shorahim Shoumarov bilan tanishadi. Bu tanishuv uning cholg‘uchilik va bastakorlik faoliyatida muhim bosqich bo‘lib qoladi. 1919-yil Toshkentda ochilgan xalq konservatoriyasining milliy cholg‘u asboblari bo‘limiga o‘qishga kiradi va shu tariqa butun hayotini musiqaga bag‘ishlaydi. 1923-yildan Samarqandda musiqa pedagogika bilim yurtida musiqa rahbari bo‘lib ishlaydi va Samarqand Davlat teatrining milliy musiqa rahbari etib tayinlanadi. Yunus Rajabiy hayotidagi muhim voqea uning Samarqandda mashhur hovizlar bilan yaqindan tanishgani bo‘ldi. Yunus Rajabiy cholg‘uchilik repertuarini yangi asarlar bilan boyitish uchun «Shashmaqom» ni o‘rganishga juda kirishadi. Akademik Yunus Rajabiyning besh jildli o‘zbek xalq musiqasi (1955-1960), olti jildli «Shashmaqom» (1966-1975), «Musiqa merosimizga bir nazar» (1978-1979), «Xorazm maqomlari»ning birinchi va ikkinchi to‘ldirilgan nashrlari ananaviy ijrochilikka bag‘ishlagandir. Ustoz uzoq yillar davomida O‘zbekiston teleradiosi qoshidagi maqomchilar dastasiga rahbarlik qilganlar. Yunus Rajabiy ijod qilgan «Ra’nolanmasin» qo‘shig‘i hozirgi kunda ham hofizlarning repertuarlaridan o‘rin olgan. Yunus Rajabiyga 1939- yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, 1955- yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berildi. 1966- yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, 1971- yilda respublikamizda nufuzli bo‘lgan «Hamza nomidagi Davlat mukofoti» ga sazovor bo‘ldi. Yunus Rajabiy faoliyatini o‘rganish, uning musiqashunoslikdagi cholg‘uchilik va pedagogik, ma’rifiy va madaniy merosini bo‘lajak avlodimizga yetkazishimiz kerak. Bu meros yoshlarni tarbiyalashda, komil inson bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling