Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Bog‘bon va gullar
(harakatli o‘yin)
Gullar raqsi
(o‘zbek xalq kuyi)
O‘yinning mazmuni: o‘yinda 10-15 ta bola ishtirok etadi.
O‘yinchilar orasida «bog‘bon» tanlanadi, Qolganlari «gul» bo‘ladilar.
Har bir bolaning boshida biror gulning rasmi tushirilgan ro‘molcha
bo‘ladi. Gullar aylana hosil qilib o‘tiradilar. «Bog‘bon» bolalar orasidan
yurib, «davraga keling, bolalar, birgalashib gul teramiz va raqsga
tushamiz», – deydi, keyin «bog‘bon» o‘zidagi gullardan birini olib,
ko‘zini yumib, shunday gulli ro‘molcha o‘ragan bolani tanlaydi va
raqsga tushadi. Agar to‘g‘ri topsa, o‘rinlarini almashtiradilar. Topa
olmasa, yana «bog‘bon» bo‘lib qoladi. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Chopon qo‘l
(o‘zbek xalq o‘yini)
Asp bo‘laman
(o‘zbek xalq kuyi)


80
O‘yinning mazmuni: o‘yinda 15-20 ta bola ishtirok etadi. 4 bola
lenta tortib, «qamishzor» hosil qiladi. O‘ynovchilardan «Laylak»
saylanadi, qolganlari «Baqa» bo‘lishadi. Laylak qamishzorga yaqin
joyda, «Baqa»lar qamishzorda bo‘ladilar va sakrab-sakrab o‘ynaydilar.
Boshqaruvchining ishorasi bilan «Laylak» qamishzorga kiradi va
«Baqa»larni tuta boshlaydi. «Baqa»lar lenta ustidan sakrab,
qamishzordan qochadilar. Qo‘lga tushgan «Baqa»larni «Laylak» o‘zi
bilan olib ketadi.
O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar
qatnashadilar. Ular aylana bo‘lib, chordona qurib o‘tiradilar.
Boshqaruvchi aylana tashqarisidagi bolalar bir-birlariga uzatayotgan
choponni yulqib olishlari kerak. Choponni berib qo‘ygan bola o‘rtaga
turib raqsga tushishi yoki she’r aytishi kerak. So‘ng bu bola
boshqaruvchi bo‘ladi. O‘yin shu tariqa davom etadi.
Baqa bilan laylak
(o‘zbek xalq o‘yini)
Chamanda gul
(o‘zbek xalq kuyi)


81

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling