Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Marshdagi hujum
Marsh
(Xorazm xalq marsh)
O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar
qatnashadilar. Ular ikkita guruhga bo‘linadi. Ikkala guruh bir-biriga
qarama-qarshi turadi. Boshqaruvchining ishorasi bilan bir
tomondagilar marsh ostida qarshi tomonga yuradi. Orada 2-3 metr
qolganda to‘xtaydi. Yana boshqaruv-chining ishorasi bilan orqaga
o‘z marrasiga qochadi. Qarshi tomondagilar ularni ushlaydi. So‘ngra
almashadilar. Qaysi tomon qarshi tomon bolasini ko‘p ushlasa, shu
tomon g‘olib sanaladi. O‘yin shu tarzda davom etadi.


82
Chavandoz
(harakatli o‘yin)
Gullar raqsi
(o‘zbek xalq kuyi)
O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar
qatnashadilar. Boshqaruvchining ishorasi bilan musiqa ostida bolalar
aylana bo‘ylab) otlar kabi avval sekin, keyin lo‘killab va yo‘rg‘alab
yuradilar. Musiqa to‘xtagach, bolalar oldindan belgilab qo‘yilgan
aylana ichiga kiradilar. O‘yin shu tariqa davom etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Ritmik harakatlarning musiqadagi o‘rni qanday?
2. Musiqa orqali bajariladigan o‘yinlar qaysilar?
3. Harakat va o‘yinning bolalar hayotidagi o‘rni qanday?
Musiqa nazariyasi asoslari va metodlari
Tarix bizga shuni o‘rgatadiki, san’at kishilik faoliyatining ajralmas
qismi bo‘lib, kishi shaxsi san’at yordamida va ishtirokida to‘laligicha
yorqin namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon kishisini tarbiyalashda fan
bilan bir qatorda, san’at ham muhim o‘rin tutadi. San’at insonpar-
varlik va odamiylik hamkorligi ruhida o‘zining hissiyotini o‘stirishda
yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon
kishisida uning estetik idrokini tarbiyalashga g‘amxo‘rlik qilar


83
ekanmiz, san’at bilan muomala qilishdan hosil bo‘ladigan his-
hayajondan uni o‘z hayoti va faoliyatida foydalana bilishga
o‘rgatmog‘imiz lozim. Shu sababli estetik tarbiya barcha tarbiya
ishining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Odamning ulg‘ayishini hisobga olmagan holda butun xalqning
estetik tarbiyasi haqida fikr yuritish mumkin emas. Bolalarda yoshlik
chog‘idan idrok etish, his etish, turmush va san’atdagi go‘zallikni
tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi, bu kabi go‘zallikni yaratishga
intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo‘lgan qiziqish ortadi.
Unda badiiy – ijodkorlik qobilyati rivojlanadi.
Estetik tarbiya jarayonida bolalarda tabiatga, mehnatga, ijtimoiy
hayotga, turmushga bo‘lgan mehr-muhabbat hissi ortib, ulardagi
go‘zallikni ko‘ra bilish iqtidori shakllanib, shu go‘zalliklarni ularning
o‘zi mustaqil ravishda yaratishga intiladilar. San’at vositasida amalga
oshiriladigan badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib
hisoblanadi.
1997-yilda erishilgan asosiy yutuqlardan biri «Ta’lim haqida
qonun» va «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi» qabul qilindi.
Respublikamizda ta’lim-tarbiya katta ahamiyatga ega bo‘lishi
bugungi kunda berilgan erkinlik va imkoniyatlar, xalq ta’limida
hozirgi ahvolni yangilash, yangi nazariy va amaliy darsliklar yaratish
va ulardan samarali foydalanish yo‘lida yangi metodlarni ishlab
chiqishni talab etmoqda.
Respublikamizda ko‘p sonli pedagogika bilim yurtlarida asosiy
fanlar qatorida, musiqa faniga e’tibor berilayotganini hisobga olib,
kelajakda bilim yurtini bitirayotgan talabalar o‘rta maktablarda ashula
va musiqadan o‘quvchilarga saboq berishni nazarda tutib, ushbu
risola yaratildi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan pedagogika bilim yurtlari talabalaridan
tashqari, respublikamizdagi barcha o‘rta maktab musiqa o‘qituvchilari,
bolalar bog‘chasining musiqa o‘qituvchilari va musiqa sohasi havaskorlari
foydalanishlari mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Musiqa ostida bajariladigan harakat va o‘yinlarni ayting va
ko‘rsating.


84
2. Musiqa nazariyasi asoslari metodlari necha turdan iborat?
3. Har bir metodga alohida o‘z fikringizni bildiring.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling