Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Raqs va xorovodlar hamda musiqiy ritmik


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Raqs va xorovodlar hamda musiqiy ritmik
harakatlarning vazifalari
1. Raqs va xorovodlar. Bolalar o‘yinlarining bu turlari xalq raqslari
va klassik bal raqslari elementlari asosida tuziladi. Ularni mazmuniga
ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Musiqa asarining tuzilishiga binoan, harakat elementlari
mujassamlangan raqs. Masalan, ikki qismli musiqaga mos ikki qismli
raqslar, uch qismli musiqaga esa uch qismli raqslar qo‘yish kerak
bo‘ladi. Misol uchun, o‘zbek xalq raqsi «Andijon polkasi»ni olaylik.
Tarbiyachi mazkur musiqa asosida yuqori va tayyorlov guruh
bolalariga mos chaqqon harakatli raqs shaklini tanlashi mumkin.
Tarbiyachi guruh imkoniyatlarini hisobga olib, «Andijon polkasini»
ni bir oz qisqartirib, katta avjini istisno etgan holda, ikki qismli,
to‘la shaklda chalib, uch qismli qilib ham o‘rgatishi mumkin. Demak
raqsni musiqaning mantiqiy qismlariga ko‘ra harakat elementlarini
tanlab qo‘yishiga to‘g‘ri keladi. Bu raqsni yakka va kichik gruppa
shaklida qo‘yish mumkin.
2. Erkin raqslar. Bu raqslar ijodiy xarakterga ega bo‘lib, xalq
raqs kuylari, bastakor yaratgan raqs kuyi va polkalar ostida ijro
etiladi. Unda bolalar mashg‘ulotlardan olingan malaka va
ko‘nikmalarini ishga solib, musiqaning xarakteriga mos harakat
elementlarini tanlab «yangi raqs» yaratadilar.
3. Raqs xarakteridagi xorovodlar va o‘yinlar. Xorovod ko‘proq
rus raqs san’atiga mansubdir. Ulardan foydalanish yaxshi natija
beradi. Xorovodlarda asosan ashula aytib, davra qurgan holda o‘yinga
tushiladi. Bo‘g‘chaning yuqori va tayyorlov guruhlarida rus xorovod
asarlaridan «Karavay» o‘yinini o‘rganish mumkin. Xorovod
xarakteriga xos o‘zbek o‘yinlari ham mavjud. Masalan, «Choriy
chambar», «Oq terakmi, ko‘k terak» va boshqalar. Tarbiyachi
bog‘chada milliy o‘yinlar bilan birga boshqa xalqlar xorovodlari va
o‘yinlaridan foydalanish lozim. Bu o‘yin turlari ko‘proq o‘yin-kulgi,
bayramlar paytida o‘ynaladi.


85

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling