Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini
iodalab, «Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon»
mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning
to‘kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok etishlariga
erishish lozim. Bu bayramni katta, o‘rta va kichik guruh tarzida
o‘tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy
asboblarini (karnay, sunray, nog‘ora) jalb qilish tavsiya etiladi.
Imkoniyat bo‘lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim. Askiyalar
va kichik sahnalashtirilgan ertaklar ham bo‘lishi tavsiya etiladi.
Qo‘shiq, lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli
bo‘lishi kerak.
Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib,
jahon bolalarining eng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan
archa, quvnoq kuy, qo‘shiq va o‘yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli
ertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok etib, bolalar bilan
xursandchilik qiladilar.
Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq, tabiat ulug‘lanadi.
Qadriyat, urf-odat udumlarini aks ettiruvchi mazkur bayram, tabiat
uyg‘onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‘zalligidan
zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlashtirish, mehnatni ulug‘lash
kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etadi. Qo‘shiq-yallalar kuylanadi, o‘lan-
aytishuvlar va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha
sharoitidan kelib chiqqan holda, zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin.
Qadimda sharq xalqlari o‘z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali
chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy
cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy
qismda quvnoq qo‘shiqlar yangraydi.
8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga
bo‘lgan mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‘shiq, she’r, raqs, o‘yinlarida


89
ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini e’zozlab, minnatdorchilik bildirib,
o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim etadilar. Ular uchun
katta, o‘rta va kichik guruhlarda konsert uyushtiriladi. Bayram uchun
to‘g‘ri tanlangan qo‘shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari bolalarda
xushchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta ahamiyatga ega. Ular
bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Agar
bog‘chada xalq cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa,
uni ham bayram dasturiga kiritish kerak.
Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiy-
nafosat soatlarini tashkil etish, bolalarda milliy g‘urur tuyg‘ularini
shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‘rsatib, buyuk xizmatlari
haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan
tanishtirish esa bolalar ma’naviyatini oshiradi.
Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yashaydigan
barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‘shiq va o‘yinlari bilan
tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda katta
o‘rin egallaydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Bolalar bog‘chasida ertaliklarni o‘tkazishdan maqsad nima?
2. Yil davomida o‘tkaziladigan bayramlarning va shu bayramda
tarbiyachining o‘rni?

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling