Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida
bayram ertaliklari
MTM da olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida
oliyjanob fazilatlar yosh avlodga bog‘cha yoshidan boshlab
shakillantiriladi. Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqiylikni
musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga xos
musiqa asarlari kichintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularni
ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya
badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga
oshiriladi.


90
Kichik va o‘rta guruhlarda bayram ertaliklari
1. Mustaqillik bayrami. Bu bayram tadbiri 1-sentabrda o‘tkaziladi.
Tadbir O‘zbekiston Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlanadi.
Bolalar Vatanimiz haqidagi she’rlarni yoddan o‘qib, qo‘shiqlar ijro
etadilar.
2. Mehrjon bayrami – Bobodehqon va ona zaminni ulug‘lovchi
bayramdir. U 25-oktabrdan 5-noyabrgacha o‘tkaziladi.
3. Archa bayrami. Bu bayramda Qorbobo, Qorqiz va sevimli
ertak qahramonlari ishtirok etadilar.
4. 8-mart – Onajonlar bayrami.
5. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanadi.
6. Sog‘lom va polvonjon tadbiri esa 1-iyunda o‘tkaziladi.
Katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari
1. «1-sentabr – Mustaqillik bayrami». Bayram tadbirlari orqali
bolalarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ulari tarkib
toptiriladi.
2. 1-oktabr – «O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni».
3. Til bayrami. Bu bayram «Til – dil kaliti», «Ona tilim – jon-
u dilim» nomlari ostida nishonlanadi.
4. «Mehrjon bayrami» – hosil bayrami.
5. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni. Shu munosabat bilan
«Qomusimiz – nomusimiz» tadbiri o‘tkaziladi.
6. «Archa bayrami» ertaligi.
7. 14-yanvar. «Vatan himoyachilari kuni».
8. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan konsert
uyushtiriladi.
9. 21-mart – Navro‘z bayrami. Bu tadbirda, asosan, urf-
odatlarimiz va qadriyatlarimiz haqidagi sahna korinishlari va kuy-
qo‘shiqlar ijro etiladi.
10. Gullar va qushlar bayrami may oyida o‘tkaziladi. Bolalar
O‘zbekiston gullari va qushlari haqida she’r hamda qo‘shiqlar
aydatilar.


91
11. «Sog‘lomjon va polvonjon», «Sog‘lom tanda – sog‘ aql»
tadbirlari 1-iyunda o‘tkaziladi. Bayramda turli estafeta va bellashuvlar
uyushtiriladi.
12. Maktabda kuzatish bayrami. «Xayr, bog‘chajon – salom,
maktab!».

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling