Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Tarbiyachi: – Rahmat, sizlarga, yulduzchalar. Raqsingizni maroq
bilan tomosha qildik. Endi o‘zingiz haqingizda to‘liqroq so‘zlab
bering!
«Yulduzchalar»: – Bizlar – o‘n ikkitamiz. O‘zbekiston
Respublikasi milliy bayrog‘ida biz ham aks etganmiz. Bayrog‘imizdagi
uch rangning har biri o‘ziga xos teran ma’no tashiydi.
(«Yulduzchalar» davraga tushib, navbatma-navbat gapirib beradilar).
Tarbiyachi: – (bayroq oldiga kelib). «Yulduzchalar» to‘g‘ri
aytishadi. Bugungi kunda bayrog‘imizni dunyodagi aksariyat
davlatlar, xalqlar taniydi va biladi. Bayramimizga ishtirok etib,
shodligimizni baham ko‘rayotgan mehmonlarimizni qutlaymiz.
(«Mehmonlar» turib ta’zim qiladilar).
«Munojat» kuyi yangraydi.
Tarbiyachi: – (qadimgi kitobni qo‘liga olib, varaqlay boshlaydi).
Bunday tantanali kunda ota-bobolarimiz, o‘tgan davlat arboblari-
yu ulug‘ sarkardalarning nomlarini tilga olmaslikning iloji yo‘q.
Chunki ular bizning faravon hayotimizni orzu qilib, bunday istiqlolga
erishishimiz uchun kurashib, bu yo‘lda ijod qilganlar. (Tarbiyachi


102
nomlarini eslagan buyuk siymolar – bolalar birin-ketin musiqali
mehmonxonaga kirib keladilar). Beruniy, Al-Xorazmiy, Farg‘oniy,
Forobiy, Ibn Sino, Bobur, Mashrab, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin
Naqshband, Najmiddin Kubro, imom Buxoriy, at-Termiziy... (bu
yerda shu hududda tug‘ilgan shaxslarni yodga olish mumkin). Bolalar
ularni odob bilan o‘rinlaridan turib, ta’zim bajo keltirib kutib oladilar,
hurmat ila davraga o‘tqazadilar.
1-bola: – Bugun biz barcha bayramlar ichra eng e’zozlisi –
O‘zbekiston Mustaqilligini shodon nishonlaymiz!
2-bola: – Farzand bo‘lib maqtayman,
Xursand bo‘lib maqtayman!
Shu o‘lka suvin ichdim,
Dilband bo‘lib maqtayman!
Onajon, O‘zbekiston!
Jonajon, O‘zbekiston!
(P.Mo‘min)
O‘zbekiston haqida she’rlar o‘qiladi.
Qo‘shiq va raqslar ijro etiladi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling