Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Bolalar o‘yinlarida musiqa


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Bolalar o‘yinlarida musiqa
Har xil bolalar o‘yin mashqlarida turli xil musiqalardan
foydalaniladi. Bolalar o‘zlari mashg‘ulotlarda o‘rgangan: «Musiqa
mashg‘ulotlari», «Konsert»larda raqsga tushadilar, ashula aytadilar.
Bunday o‘yinlarda tarbiyachi bolalarga ro‘llarni bo‘lib beradi, har
xil musiqalarni topib beradi.
Bolalar tariyasida musiqiy-didaktik o‘yinlar katta rol o‘ynaydi.
Ulardan ayrimlari mashg‘ulotlar vaqtida o‘rganiladi. O‘yinlar
musiqaviy qobiliyatni, fikrlashni oshiradi. Oila tarbiyachisi
bolalarning kundalik hayotida olgan bilimlarini mashg‘ulotlarda


99
takrorlaydi, ularni yangi musiqiy-didaktik o‘yinlar bilan tanishtirib
boradi.
Oila tarbiyachisi bolalarni har xil musiqaviy asboblar bilan
tanishtirib boradi va bolalarni har xil musiqaviy asboblar qo‘yilgan
stol atrofiga o‘tqizadi. Bolalarni birma-bir chaqirib, asboblarning
nomini so‘raydi, tarbiyachi musiqa chalib beradi va qaysi musiqaviy
asbobda chalganini bolalardan so‘raydi.
Musiqaviy ta’lim berish jarayonida musiqa tinglash, kuylash,
musiqa savodini o‘rgatish, raqs tushish, cholg‘u asboblarini chalish
hamda musiqa ijodkorligi kabi bilimlarni berish har tomonlama
kamolga yetishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Oila tarbiyasida musiqa orqali tarbiyalashda nimalarga e’tibor
berish kerak?
2. Oila tarbiyachisi xonani qanday jihozlar bilan jihozlashi kerak?


100
FOYDALANISH UCHUN QO‘SHIMCHA MATERIALLAR
Mavzu: Istiqlol bayrami
Bolalar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston
Respublikasi ijtimoiy hayotidan, Respublika Prezidenti I.A.Karimovning
xorijiy mamlakatlar elchilari, mahalla ahli, yozuvchilar, ishchilar,
dehqonlar, talabalar bilan uchrashuvlari aks etgan foto-rasmlar terib
qo‘yiladi. Bog‘cha musiqa mehmonxonasi to‘riga O‘zbekiston bayrog‘i,
gerbi o‘rnatilgan. Davlat madhiyasining matni va notaga tushirilgan
musiqasi bosilgan plakat ham o‘ziga munosib o‘ringa joylashtirilgan.
Quvnoq musiqa sadosi ostida bolalar kirib keladilar va joylariga
o‘tiradilar.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling