Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Tarbiyachi: – Aziz mehmonlarimizni sayohat qildirsak bo‘lar edi, lekin ularni eng avvalo qayerga olib borsak ekan? Bolalar


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Tarbiyachi: – Aziz mehmonlarimizni sayohat qildirsak bo‘lar
edi, lekin ularni eng avvalo qayerga olib borsak ekan?
Bolalar: – Buxoroga, Xivaga, Samarqandga, Surxondaryoga,
Toshkentga, Qo‘qonga, Andijonga...
Tarbiyachi: – O‘zbekistonning eng chiroyli va qadimiy
shaharlarini tanladingiz-ku. ammo ularga qanday borishni
aytmadingiz!
Bolalar: – Sehrli «qo‘qon arava»da!
Tarbiyachi: – Xayolimdan ko‘tarilibdi, to‘g‘ri aytasiz, sehrli aravaga
chiqib, biz mehmonlar bilan bir zumda istagan joyimizga yetib
borishimiz mumkin. Qani, ayting sehrli so‘zlarni!
O‘rtaga «sehrli arava» chiqadi va bolalar mehmonlar bilan birga
yo‘lga otlanadilar.
Bolalar:
Ezgulikdadir qudrat,
Dilda yo‘q gina-kudrat,
Yo‘l tanobin tortamiz,
Termizjonga boramiz!


103
Shu tarzda «sehrli so‘z»larning oxirgi satri o‘zgarib, istalgan viloyatga
borish mumkin. U yerda mehmonlarni raqs tushib, qo‘shiqlar aytib –
tantanali ravishda kutib olishadi. «Andijon polkasi», Xorazm «Lazgi»si
ijro etiladi va hokazo.
Tarbiyachi: – Bolalar, men mehmonlarimizning bir siridan ogoh
bo‘ldim – ular sizlarga chiroyli sovg‘a tayyorlab kelishgan ekan. U
nima ekan deb o‘ylarsiz? Mana, ko‘ring! (Mehmonlar ijrosida
arabcha, turkcha va zamonaviy raqslar). Sovg‘alar sizlarga ma’qul
bo‘ldimi? Mehmonlarimizga chin dildan «RAHMAT» aytamiz-a?!
Rahmat sizlarga, bizlarni juda xushnud etdingiz!
Bayramimiz yana davom etadi.
O‘zbek xalq kuylari sadosi ostida musiqa mehmon-xonasiga
«Humo» qushi uchib kirib, jozibali raqs ijro etadi. Unga milliy libosdagi
qizlar jo‘r bo‘ladilar va o‘yin so‘ngida tarbiyachi oldiga Humo qushini
yetaklab keladilar.
Bolalar: – Qarang, bog‘chamizga Humo qushi uchib keldi!
Tarbiyachi: – Bu xushxabaringiz uchun rahmat! Humo qushi
gerbimizdan joy olib, O‘zbekiston yurtining baxt-saodat ramzini
bildiradi, posboni sanaladi. Uni sevib, ardoqlang, aziz bolajonlar!
Mehr-oqibatli, mehnatsevar bo‘lib, kattalarni hurmat qilib,
yurtimizning boyligiga boylik qo‘shib, Humo qushini abadul-abadga
saqlang! (Qo‘shiq ijro etiladi).
Barcha bolalar bayroq oldiga kelib, tantanavor holda turib
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasiga jo‘r bo‘ladilar.
Tarbiyachi: – Rahmat, dilbandlarim! Sizlar porloq diyorimizning
ertangi kunisiz! O‘zbekiston istiqlolining baxtli egasisizlar! Bayram
davom etadi, bizni bog‘ va tomoshagohlar kutyapti! Yuring, shahar
(qishlog‘imiz) ahliga qo‘shilib, umumxalq sayliga chiqaylik!
Quvnoq musiqa sadolari ostida mehmonlar va mezbonlar chiqadilar.


104

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling