Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Bog‘cha mudirasi: – Aziz farzandlarim! Ulug‘ bayramingiz –
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan barchangizni chin
qalbimdan tabriklayman! Xabaringiz bormi – bog‘chamizga chet
ellik mehmonlar kelar ekan. Sizlar mezbon, ularni kutib olasizlar.
Tarbiyachi: – Mehmon kutishni eplarmikanmiz? Qanday
bo‘larkan? Biz bayramga atab raqs va qo‘shiqlardan chiroyli musiqali
guldasta tayyorlagan edik. Shu tomoshani namoyish etsak, degandik.
Mudira: – Juda yaxshi! Konsert dasturingizni mehmonlar
e’tiboriga havola etasizlar. Respublikamiz hayoti, azim shaharlari,
aziz insonlari haqida bilganlaringizni aytib berasizlar. (Mudira chiqib
ketadi).
Tarbiyachi: – Bolalar, sizlar nima deysizlar?
1-Bola: – Opajon, men yod olgan she’rimni o‘qib bersam
maylimi! (she’r o‘qiydi).
2-Bola: – Do‘stlarim bilan birga xalq laparini ijro etaman, keling
o‘rtaga jo‘ralar! («Yallalo-yallo» lapari ijro etiladi).
Mudira: – (kirib). Qani, mezbonlar, mehmonlarni kutib oling!


101
(Musiqa mehmonxonasiga arab, turk, fransuz va amerikalik
kichkintoylar kirib kelishadi. Bolalar chet tillardan birontasini
o‘rganishgan bo‘lsa, o‘sha tilda salomlashadilar. Mezbonlar ularga
iltifot ko‘rsatib o‘tirg‘izadilar).
Tarbiyachi: – Hurmatli bolalar, ota-onalar, aziz mehmonlar!
Bugun diyorimizning turli burchaklarida, maktab-bog‘chalarda,
mahalla-xonadonlarda tantanali bayram – O‘zbekiston
Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanmoqda. Ishchi va
dehqonlar, olim va quruvchilar, tikuvchi va shifokorlar – hammalari
bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rib, sovg‘alar hozirladilar.
Do‘stlarimiz ham bayramga tashrif buyurdilar, bu nur ustiga nur
bo‘ldi. Bugun biz, istiqlolimizni. erkimizni, Mustaqilligimizni
sharaflaymiz!
«O‘zbekiston – quyoshli diyor» qo‘shig‘ini kuylaydilar. (K.Kenjayev
musiqasi).
Mehmonxonaga zangori bantik taqqan, oq futbolka va yashil yubka
kiygan qizlar kirib kelishadi. Ular qo‘llarida yorug‘ yulduzchalar tutib,
milliy bayrog‘imizdagi yulduzchalarni eslatib, qator bo‘lib turadilar.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling