93
Bola: Bu olamni asrashni,
Odam bo‘lib yashashni.
Bog‘da
gulzor yaratib,
O‘rgandik bog‘bon bo‘lishni.
Bola: Bog‘larimiz oralab,
Gullar terdik saralab.
Gullarning eng sarasin,
Sizga berdik dastalab.
«Qari navo» o‘zbek xalq kuyiga raqs ijro etadilar.
Boshlovchi: Aziz
bolajonlar, ustozlarning burch va vazifalari
sizlarga ta’lim-tarbiya berish bo‘lganidek, shogirdlarning ham o‘z
ustozlari oldida burch va vazifalari bor. Qani,
ana shu burch haqida
kin aytadi?
Bola: Ustozlarga itoatli bo‘lish, nasihatlariga rioya qilish.
Bola: Ustozning dushmani bilan do‘st tutinmaslik.
Bola: Ustozning qarindosh-urug‘larini hurmat qilish.
Bola: Ustozning quvonch va qayg‘usiga sherik bo‘lish.
Bola: Ustoziga hamisha rost so‘zlash.
Bola: Ustozini xafa qilmaslik, uning sirlarini saqlay bilish.
Bola: Ustozi oldida xokisor bo‘lish.
Bola: O‘zining yomon odatlarini tark etish.
Boshlovchi:
Barakalla, bolajonlar,
javoblaringiz meni mamnun
etdi. Men buvijonimdan eshitgan bir rivoyatni aytib beraman.
(Rivoyat aytadi.)
Boshlovchi: Aziz ustozlarni ulug‘lovchi qanday maqollarni bilasiz?
Bola: Ustoz – otangday ulug‘.
Bola: Ustoz ko‘rmagan shogird,
Olam sirini bilmaydi.
Bola: Ustozlar aqli – donolar naqli.
Bolalar «Yurtim» qo‘shig‘ini kuylaydilar (G.Qo‘chqorova
musiqasi).
94
Boshlovchi: Mana shunday mas’uliyatli kasb egalari bo‘lmish
ustoz murabbiylar, jajji
bolajonlarga bor mehrini berib, sabr-toqat
bilan mehnat
qilayotgan tarbiyachilar, butun xalqimizning har bir
kuni bayram bo‘lsin!
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Turli yosh guruhlarida o‘tiladigan bayramlarni farqlab bering?
2. Bayramlarda ishtirok etishda tarbiyachining o‘rni qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: