Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


«Sizga ta’zim, aziz ustozlar»


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bola
«Sizga ta’zim, aziz ustozlar»
Zal bayramona bezatilgan. Musiqa sadolari ostida bolalar
qo‘llarida gullar, sharlar bilan kirib keladilar.
Boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! Sizlarni
umumxalq bayrami – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» bilan
chin yurakdan tabriklaymiz!
Sizdan boshlanadi asl tafakkur,
Munis muallimlar, sizga tashakkur!
(Abdulla Oripov)
Bola: Boshda fikr nuri – gavhar,
Bolalarga ustoz sarvar.
Qalbi toza gullar qadar,
Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Ishimizda gar sezsa nuqson,
Yuragida turar, to‘fon.
Tunlar bedor qiynaladi jon,
Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Ishi bilan dili birdir,
Do‘sti yorga shirin tildir.
To‘lqin ursa Amu-Sirdir,
Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Mustaqillik xush zamona,
Xush zamonga u parvona.
Yurtim, elim, deya yona,
Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
«Bog‘cha opa, bo‘lmang xafa» qo‘shig‘ini kuylaydilar. Gul va
sharlar bilan «Bayramingiz muborak» raqsini ijro etadilar.


92
Boshlovchi: Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga binoan,
1997-yil 1-oktabrni «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» –
umumxalq bayrami, deb e’lon qilindi. Bolajonlar, ustoz deganda
ko‘z oldingizga qanday insonlar namoyon bo‘ladi?
Bola: Bizlarga odob va axloqni o‘rgatuvchi opamiz.
Bola: Bizlarga turli xildagi aqliy va milliy o‘yinlar o‘rgatuvchi
opamiz.
Bola: Ular bizga tinmay bilim beradilar, hisob – kitobni
o‘rgatadilar.
Bola: Ulug‘larni eslashni,
Hikmatlarni yodlashni,
Vatanni e’zozlashni,
Ham qo‘ynida yayrashni,
Bulbul bo‘lib sayrashni,
O‘rgatadi opamiz.
Boshlovchi: Barakalla, juda to‘g‘ri topdingiz. Ustoz ana shunday
ulug‘ zotdir. Bugun qalbimizdan ona kabi joy olgan ustozlarga qancha
shirin so‘zlar, she’rlar aytsak, shuncha kam.
Bola: Assalom, aytamiz sizga azizlar!
Ming kalom aytamiz, sizga ustozlar.
Assalom so‘ziday aziz bo‘lingiz,
Eng quvnoq, eng shodon inson bo‘lingiz.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling