Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65
Intervallar va intervallarning aylanmasi
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika
Intervallar va intervallarning aylanmasi
«Interval» – bu lotinchadan olingan so‘z bo‘lib, oraliq yoki masofa ma’nosini anglatadi. Musiqada esa ikki tovush oralig‘ini bildiradi. Birin-ketin yoki bir vaqtda eshitilgan ikki tovush qo‘shilmasi interval deyiladi. Intervallar melodik hamda garmonik shaklda bo‘ladi. Melodik intervalda tovushlar birin-ketin eshitiladi. Masalan: 15 Garmonik intervalda tovushlar baravariga eshitiladi. Masalan: Har bir interval ikki miqdor son va sifat miqdori bilan aniqlanadi. Miqdori bosqichlar soni bilan ifodalanadigan intervallar son miqdorli intervallar deyiladi. Miqdori ton va yarim tonlar bilan ifodalangan intervallar sifat intervallar deyiladi. Barcha garmonik intervallar va melodik intervallar asosan eng pastki tovushidan yuqoriga qarab o‘qiladi. Intervalning pastki tovushi interval asosi, yuqori tovushi esa intervalning cho‘qqisi deyiladi. Bir oktava oralig‘ida hosil bo‘lgan intervallar oddiy intervallar deyiladi. Hammasi bo‘lib, sakkizta oddiy intervallar bor. Ularning nomi shu intervallar hisobiga kiradigan bosqichlar soniga bog‘liqdir. Intervallar lotin tilida tartibli sonlar bilan nomlanadi. Tartibli sonlar interval yuqori tovushining pastki tovushiga nisbatan nechanchi bosqichda turganligini bildiradi. Interval tovushlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi natijasida pastki tovush yuqoriga va yuqoridagi tovush pastga joylashadi. Bunga interval aylanishi deyiladi. Interval tovushlarning aylanishi 2 yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1. Interval asosini (pastki tovushini) bir oktava yuqoriga ko‘tarish. 2. Interval cho‘qqisini (yuqori tovushini) bir oktava pastga ko‘chirish. Mazkur intervalning aylanishi natijasida yangi interval hosil bo‘ladi. Qoida bo‘yicha barcha sof intervallar sofga, kichik intervallar kattaga, katta intervallar kichikka, ortilgan intervallar kuchaytirilganga, kuchaytirilgan intervallar ortilganga aylanadi va aksincha. Agar biror interval va uning aylanmasini birlashtirsak, oktava hosil bo‘ladi. Shu sababdan, bir biriga aylanadigan intervallar sifat miqdorining yig‘indisi hamma vaqt olti tonga ega bo‘ladi. 16 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Interval aylanishi deb nimaga aytiladi? 2. Interval deb nimaga aytiladi? Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling