Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65
Musiqiy tovushlarning yozilishi. Kalitlar
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika
Musiqiy tovushlarning yozilishi. Kalitlar.
Kalitlar haqida tushuncha Musiqa tovushlari nota deb ataladigan maxsus belgilar yordami bilan yoziladi. Nota belgilari o‘rtasi bo‘sh yoki bo‘yalgan doiracha- lardan iborat bo‘ladi. Tovushlarning xilma-xil cho‘zimini ko‘rsatish uchun bu doirachalarga vertkal tayoqchalar, dumchalar qo‘shib yoziladi. Tovushlarning balandligini aniqlash uchun notalar beshta parallel chiziqdan iborat va nota yo‘liga yoziladi. Notalar chiziqlarga, chiziqlar orasiga, chiziqlarning ustiga va ostiga yozilishini, asosiy chiziqlar yetishmay qolganda esa notalar qo‘shimcha, qisqa chiziqlarga yozilishi uqtiriladi. Nota chiziq boshida maxsus belgi – skripka kaliti bo‘lmaguncha yozilgan notalardan 10 birontasini ham atay olmaymiz, bu kalit notalar nomini ochib beradi. Kalitning ikkinchi nomi bo‘lgan «Sol» kaliti bilan ham tanishtiriladi, o‘z gajagi bilan nota yo‘lining ikkinchi chizig‘ini qamrab oladigan kalit sol notasining o‘rnini ko‘rsatishini, shu sababdan uning sol kaliti deb atalishini tushuntirib beradi. Sol notasining qayerda turganligini bilib olgan bola boshqa notalarni ham topishi mumkin. Bolalar notaning o‘rnini qanday topish kerakligini juda tez tushunib oladilar; bu narsa maroqli o‘yinga aylanib ketadi; o‘yin paytida bolalar qayerda qanday nota yozilishini esda qoldiradilar. Chiziqlar pastdan yuqoriga qarab sanaladi. Nota yo‘lining boshlang‘ich qismida beshta chiziqdan birlashtiruvchi vertikal chiziq qo‘yiladi. nota chiziqlari Bolalarning nota yozuvini bemalol tushunib 1-oktava doirasidagi har bir notaning o‘rnini yaxshi bilib olishlari uchun quyidagi mashqlarni tavsiya etish mumkin: a) tarbiyachi notalarning nomlarini aytib turib yozdiradi yoki doskaga yozib beradi, bolalar esa ularni nota yo‘liga yozishlari kerak; b) tarbiyachi qo‘shiq kuyini kuylaydi, bolalar esa qo‘shiqning kuyuni ko‘rgazmali qurollar orqali nota chiziqlariga joylashtiradilar. Bu mashqlarni bolalar mustaqil ravishda bajarishadi, so‘ngra ulardan biri shu mashqni doskada ko‘rsatib beradi. Tovushlar puxta o‘rganilgandan keyin eshitib bajariladigan har xil mashq turlari katta foyda keltiradi. Musiqada notalar nomlanishi bilan birga, turli cho‘zimlarga ham egadir. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Kalitlar orasida eng ko‘p qo‘llaniladigan kalitning nomi nima? 2. Musiqiy tovushlarni yozishda qanday chiziqlardan foydalaniladi? 1 2 3 4 5 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling