12
Bastakor turli nota va nota cho‘zimlarini tanlab, yangi ohang,
kuy yaratadi.
Kalitlar
Tovushlarning ma’lum bir balandligi, nota yo‘lidagi
chiziqlar
ustiga va oralig‘iga qo‘yiladigan maxsus belgi bilan ifodalanadi.
Bunga
kalit belgisi deyiladi. Kalit belgisi nota yo‘lining boshida,
asosiy chiziqlardan biriga qo‘yiladi va u nota yo‘lidagi biron-bir
chiziq markazini kesib o‘tgan bo‘ladi. Bundan tashqari, kalit
belgisi bironta chiziqda turgan notaning ma’lum balandlikdagi
tovush nomini belgilaydi. Nota yo‘lidagi
qolgan tovushlar balandligi
mana shu notaga moslanadi.
Kalitlar xilma-xil bo‘ladi. Ular orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani
skripka hamda bas kalitidir. Skripka kaliti ikkinchi chiziq ustida
joylashgan bo‘lib, birinchi oktavaning sol tovushi balandligini
ifodalaydi.
Bas (fa) kaliti to‘rtinchi chiziq ustida joylashgan bo‘lib, kichik
oktavaning
fa tovushi balandligini ifodalaydi. Tovushqatorning
qolgan barcha bosqichlari mana shu tovushdan boshlab sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: