Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Musiqa ostida harakat va o‘yinlar


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Musiqa ostida harakat va o‘yinlar
Musiqaning aqliy estetik va jismoniy rivojida raqs, musiqali
o‘yin va musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqa
faoliyatining bu turlari bolaning har tomonlama o‘sishiga katta
yordam beradi.


78
1. Uning musiqa uquvi, ayniqsa tuyg‘usi va musiqa xotirasi yaxshi
rivojlanadi, chunki har qanday harakat turi musiqa ritmi va taktlar
ostida bajariladi hamda harakat bilan bog‘liq bo‘lgan musiqa
ohanglari bola xotirasida turg‘un saqlanadi.
2. Raqs va musiqali harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqon-
likni rivojlantirib, badanni chiniqtiradi qomatning to‘g‘ri o‘sishiga
katta yordam beradi.
3. Musiqa asarlari bilan turlicha emotsional hislar uyg‘onadi, turlicha
kayfiyatlar hosil etib, uning ongida o‘ziga xos obrazlar yaratadiki, bular
bolaga harakat sxemalarini badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam
beradi. Demak musiqa bilan harakat bolaning aqliy va estetik qobiliyatini
hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega. Masalan,
marsh musiqalari bolaga g‘ayrat va tetiklikni bag‘ishlaydi. Marsh
musiqalarisiz bayram ertaliklari, hatto bog‘chaning oddiy bir kunlik
hayotini ham tasavvur qilish qiyin. Raqs kuylari esa bolada ajoyib
ichki his-tuyg‘ular, kechinmalar hosil etib, beixtiyor raqsga tushushga
undaydi. Musiqa ostida harakat va o‘yinlar kichik yoshli bolalarga tez
ta’sir etadi. Shuning uchun quvnoq, qiziqarli musiqali o‘yinlar bog‘cha
yoshidagi har bir bolaning e’tiborini o‘ziga tortadi. Musiqa ostida harakat
va o‘yinlarning turlari quyidagilardan iborat.
1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari – asosan tartibli qadam bosib
yurush, chopish, sakrash kabi harakat turlari.
2. Bolalarning sahnalashtirilgan sujetli o‘yinlaridan, kattalarning
bajaradigan turli maishiy ishlaridan olgan taassurotlari (mashinani
boshqarish, qurilish ishlari, paxta terish, ro‘zg‘or ishlari va hokazo)
asosida bajaradigan harakatlari, turli hayvonlarning harakatlari
tovushlarini ifodalash.
3. Turli raqslar ta’sirida vujudga keladigan bolalarga mos oddiy
harakatlar.
Bu harakatlarning har uchala turi ham bog‘chada musiqa bilan
bajariladigan barcha harakatlarning asosini tashkil etadi va ularning
asosiy ifodali harakat elementlari hisoblanadi. Bu harakat elementlari,
musiqa ostida bajariladigan barcha o‘yinlar turlicha ifodalanadi.
O‘yin bog‘cha yoshidagi bolalar ijodiy faoliyatini eng faol shaklidir.
O‘yinlarga mo‘ljallangan musiqa asarlarining badiiy mazmuni
xarakteri va ifoda vositalari o‘yinning sujetiga mos tushishi shart.


79
O‘yinning syujeti esa bog‘cha hayotidan olingan bo‘lishi lozim. Unda
bolaning ijtimoiy hayot va tabiat bilan munosabati o‘z aksini topishi
kerak, ayniqsa xalq bolalar o‘yinlari katta ahamiyatga ega.
Shunday qilib musiqali o‘yinlar o‘z maqsadi, vazifalari jihatidan
didaktik o‘yinlarga mansub bo‘lib, ular asosan harakat vositasida
ijro etilishi bilan xarakterlanadi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling