Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chavandoz (harakatli o‘yin) Gullar raqsi (o‘zbek xalq kuyi) O‘yinning mazmuni
- Musiqa nazariyasi asoslari va metodlari
Marshdagi hujum
Marsh (Xorazm xalq marsh) O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar qatnashadilar. Ular ikkita guruhga bo‘linadi. Ikkala guruh bir-biriga qarama-qarshi turadi. Boshqaruvchining ishorasi bilan bir tomondagilar marsh ostida qarshi tomonga yuradi. Orada 2-3 metr qolganda to‘xtaydi. Yana boshqaruv-chining ishorasi bilan orqaga o‘z marrasiga qochadi. Qarshi tomondagilar ularni ushlaydi. So‘ngra almashadilar. Qaysi tomon qarshi tomon bolasini ko‘p ushlasa, shu tomon g‘olib sanaladi. O‘yin shu tarzda davom etadi. 82 Chavandoz (harakatli o‘yin) Gullar raqsi (o‘zbek xalq kuyi) O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar qatnashadilar. Boshqaruvchining ishorasi bilan musiqa ostida bolalar aylana bo‘ylab) otlar kabi avval sekin, keyin lo‘killab va yo‘rg‘alab yuradilar. Musiqa to‘xtagach, bolalar oldindan belgilab qo‘yilgan aylana ichiga kiradilar. O‘yin shu tariqa davom etadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Ritmik harakatlarning musiqadagi o‘rni qanday? 2. Musiqa orqali bajariladigan o‘yinlar qaysilar? 3. Harakat va o‘yinning bolalar hayotidagi o‘rni qanday? Musiqa nazariyasi asoslari va metodlari Tarix bizga shuni o‘rgatadiki, san’at kishilik faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, kishi shaxsi san’at yordamida va ishtirokida to‘laligicha yorqin namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon kishisini tarbiyalashda fan bilan bir qatorda, san’at ham muhim o‘rin tutadi. San’at insonpar- varlik va odamiylik hamkorligi ruhida o‘zining hissiyotini o‘stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon kishisida uning estetik idrokini tarbiyalashga g‘amxo‘rlik qilar 83 ekanmiz, san’at bilan muomala qilishdan hosil bo‘ladigan his- hayajondan uni o‘z hayoti va faoliyatida foydalana bilishga o‘rgatmog‘imiz lozim. Shu sababli estetik tarbiya barcha tarbiya ishining tarkibiy qismi hisoblanadi. Odamning ulg‘ayishini hisobga olmagan holda butun xalqning estetik tarbiyasi haqida fikr yuritish mumkin emas. Bolalarda yoshlik chog‘idan idrok etish, his etish, turmush va san’atdagi go‘zallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi, bu kabi go‘zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo‘lgan qiziqish ortadi. Unda badiiy – ijodkorlik qobilyati rivojlanadi. Estetik tarbiya jarayonida bolalarda tabiatga, mehnatga, ijtimoiy hayotga, turmushga bo‘lgan mehr-muhabbat hissi ortib, ulardagi go‘zallikni ko‘ra bilish iqtidori shakllanib, shu go‘zalliklarni ularning o‘zi mustaqil ravishda yaratishga intiladilar. San’at vositasida amalga oshiriladigan badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. 1997-yilda erishilgan asosiy yutuqlardan biri «Ta’lim haqida qonun» va «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi» qabul qilindi. Respublikamizda ta’lim-tarbiya katta ahamiyatga ega bo‘lishi bugungi kunda berilgan erkinlik va imkoniyatlar, xalq ta’limida hozirgi ahvolni yangilash, yangi nazariy va amaliy darsliklar yaratish va ulardan samarali foydalanish yo‘lida yangi metodlarni ishlab chiqishni talab etmoqda. Respublikamizda ko‘p sonli pedagogika bilim yurtlarida asosiy fanlar qatorida, musiqa faniga e’tibor berilayotganini hisobga olib, kelajakda bilim yurtini bitirayotgan talabalar o‘rta maktablarda ashula va musiqadan o‘quvchilarga saboq berishni nazarda tutib, ushbu risola yaratildi. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan pedagogika bilim yurtlari talabalaridan tashqari, respublikamizdagi barcha o‘rta maktab musiqa o‘qituvchilari, bolalar bog‘chasining musiqa o‘qituvchilari va musiqa sohasi havaskorlari foydalanishlari mumkin. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Musiqa ostida bajariladigan harakat va o‘yinlarni ayting va ko‘rsating. 84 2. Musiqa nazariyasi asoslari metodlari necha turdan iborat? 3. Har bir metodga alohida o‘z fikringizni bildiring. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling