Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Bolalar bog‘chasida bayram ertaliklari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Bolalar bog‘chasida bayram ertaliklari
Bayram ertaliklari bog‘cha hayotining eng muhim va tarkibiy
qismiga aylangan bo‘lib, tantanavorlik, xursandlik va shodlik
holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi.
Bayram ertaliklaridan maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish,
ularda ajoyib yorqin taassurotlar qoldirish va shodlik baxsh etishdan
iboratdir.
O‘zbekiston Mustaqillikka erishdi. Istiqlol sharofati tufayli
qadryatlarimiz, unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur
bo‘lgan urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari
shaklan va mazmunan o‘zgarmoqda. Bolalar bog‘chalarida nishon-
lanadigan asosiy bayramlar quyidagilardan iborat:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni.
2. O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
3. Mehrjon bayrami.
4. Yangi yil bayrami.
5. Vatan himoyachilari kuni.
6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
7. Navro‘z bayrami.
8. Xotira va qadrlash kuni.
9. Gul va qushlar bayrami.
10. Sog‘lomjon va polvonjon bayram ertaligi.
11. Bolalarni maktab quchog‘iga kuzatish tadbiri.
Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor.
Masalan, 1 sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni
sevish va e’zozlash, unga munosib farzand bo‘lib yetishish, uning
yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh
bolalari bilan o‘tkazilib, ular O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini


88
kuylaydilar. Kichik va o‘rta guruh bolalari tomoshabin sifatida
qatnashadilar. Ertalikdagi o‘yinlar, inssenirovkalarda xalqimizning
erishgan yutuqlari, mehnatning insonga quvonch baxsh etishi
odamlarning bir-biriga mehr-oqibati, qadriyatlarimiz ko‘rsatilishi
kerak. Musiqa rahbari bayram dasturini tuzishda ijodiy yondoshib,
zamonaviy bolalar qo‘shiqlari bilan bir qatorda, o‘zbek xalq
qo‘shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling