90
Kichik va o‘rta guruhlarda bayram ertaliklari
1. Mustaqillik bayrami. Bu bayram tadbiri 1-sentabrda o‘tkaziladi.
Tadbir O‘zbekiston Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlanadi.
Bolalar Vatanimiz haqidagi she’rlarni yoddan o‘qib, qo‘shiqlar ijro
etadilar.
2. Mehrjon bayrami – Bobodehqon va ona zaminni ulug‘lovchi
bayramdir. U 25-oktabrdan 5-noyabrgacha o‘tkaziladi.
3. Archa bayrami. Bu bayramda Qorbobo,
Qorqiz va sevimli
ertak qahramonlari ishtirok etadilar.
4. 8-mart – Onajonlar bayrami.
5. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanadi.
6. Sog‘lom va polvonjon tadbiri esa 1-iyunda o‘tkaziladi.
Katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari
1. «1-sentabr – Mustaqillik bayrami». Bayram tadbirlari orqali
bolalarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ulari
tarkib
toptiriladi.
2. 1-oktabr – «O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni».
3. Til bayrami. Bu bayram «Til – dil kaliti», «Ona tilim – jon-
u dilim» nomlari ostida nishonlanadi.
4. «Mehrjon bayrami» – hosil bayrami.
5. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni. Shu munosabat bilan
«Qomusimiz – nomusimiz» tadbiri o‘tkaziladi.
6. «Archa bayrami» ertaligi.
7. 14-yanvar. «Vatan himoyachilari kuni».
8. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan konsert
uyushtiriladi.
9. 21-mart – Navro‘z bayrami.
Bu tadbirda, asosan, urf-
odatlarimiz va qadriyatlarimiz haqidagi sahna korinishlari va kuy-
qo‘shiqlar ijro etiladi.
10. Gullar va qushlar bayrami may oyida o‘tkaziladi. Bolalar
O‘zbekiston gullari va qushlari haqida she’r hamda qo‘shiqlar
aydatilar.
91
11. «Sog‘lomjon va polvonjon», «Sog‘lom tanda – sog‘ aql»
tadbirlari 1-iyunda o‘tkaziladi. Bayramda turli
estafeta va bellashuvlar
uyushtiriladi.
12. Maktabda kuzatish bayrami. «Xayr, bog‘chajon – salom,
maktab!».
Do'stlaringiz bilan baham: