Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Bola: Bugun bayram tantana, Bayramingiz muborak. Aziz ustoz, murabbiy, Ayyomingiz muborak! Bola


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Bola: Bugun bayram tantana,
Bayramingiz muborak.
Aziz ustoz, murabbiy,
Ayyomingiz muborak!
Bola: Tongda turib opajon,
Bizni deya shoshasiz,
Bizni ko‘rib uzoqdan,
Qaynoq quchoq ochasiz.
Bola: Sizdan oldik ko‘p bilim,
O‘rgatingiz tolmasdan.
Onalarni sevishni,
Unga ko‘mak berishni.


93
Bola: Bu olamni asrashni,
Odam bo‘lib yashashni.
Bog‘da gulzor yaratib,
O‘rgandik bog‘bon bo‘lishni.
Bola: Bog‘larimiz oralab,
Gullar terdik saralab.
Gullarning eng sarasin,
Sizga berdik dastalab.
«Qari navo» o‘zbek xalq kuyiga raqs ijro etadilar.
Boshlovchi: Aziz bolajonlar, ustozlarning burch va vazifalari
sizlarga ta’lim-tarbiya berish bo‘lganidek, shogirdlarning ham o‘z
ustozlari oldida burch va vazifalari bor. Qani, ana shu burch haqida
kin aytadi?
Bola: Ustozlarga itoatli bo‘lish, nasihatlariga rioya qilish.
Bola: Ustozning dushmani bilan do‘st tutinmaslik.
Bola: Ustozning qarindosh-urug‘larini hurmat qilish.
Bola: Ustozning quvonch va qayg‘usiga sherik bo‘lish.
Bola: Ustoziga hamisha rost so‘zlash.
Bola: Ustozini xafa qilmaslik, uning sirlarini saqlay bilish.
Bola: Ustozi oldida xokisor bo‘lish.
Bola: O‘zining yomon odatlarini tark etish.
Boshlovchi: Barakalla, bolajonlar, javoblaringiz meni mamnun
etdi. Men buvijonimdan eshitgan bir rivoyatni aytib beraman.
(Rivoyat aytadi.)
Boshlovchi: Aziz ustozlarni ulug‘lovchi qanday maqollarni bilasiz?
Bola: Ustoz – otangday ulug‘.
Bola: Ustoz ko‘rmagan shogird,
Olam sirini bilmaydi.
Bola: Ustozlar aqli – donolar naqli.
Bolalar «Yurtim» qo‘shig‘ini kuylaydilar (G.Qo‘chqorova
musiqasi).


94
Boshlovchi: Mana shunday mas’uliyatli kasb egalari bo‘lmish
ustoz murabbiylar, jajji bolajonlarga bor mehrini berib, sabr-toqat
bilan mehnat qilayotgan tarbiyachilar, butun xalqimizning har bir
kuni bayram bo‘lsin!
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Turli yosh guruhlarida o‘tiladigan bayramlarni farqlab bering?
2. Bayramlarda ishtirok etishda tarbiyachining o‘rni qanday?

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling