Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Oilada musiqaviy faoliyatni tashkil etish


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Oilada musiqaviy faoliyatni tashkil etish
va jihozlash
Bolalar musiqasi ularning dunyoviy his-tuyg‘usidir. Dunyo eshigini
ochish uchun uning iste’dodini rivojlantirish kerak. Buning uchun:
1. Birinchi navbatda musiqaviy nutqini o‘stirish.
2. Hissiyotini o‘stirish lozim.
«Aks holda, musiqa tarbiyaviy vazifani bajarmaydi»
N.A.Vetlugina. Musiqiy tarbiya kattalar va bolalar o‘rtasidagi eng
chiroyli, yoqimli, qulay muloqotdir. Har bir inson ham bolalar
dunyosi bilan doimo hamnafas yashay olmaydi, bu imkoniyat faqat
tarbiyachilardagina mavjuddir. Tarbiyachilar bolalar bilan birga
orzu qilib, ertaklar olamiga, musiqa dunyosiga kirib boradilar,
ular bilan birgalikda o‘ynab, rasm chizib, ijod qiladilar. Bolalar
o‘z tarbiyachisiga ishonib, ularni do‘st ko‘rib, ularga orzulari, his-
tuyg‘ulari, sirlari haqida gapirib berishadi. Bolalar bog‘chasida
musiqaviy faoliyatni amalga oshirshda barcha tarbiya o‘zaro bog‘lab
olib boriladi. Bolalar yoshiga xos musiqa asarlari kichkintoylarga
unutilmas taassurot qoldiradi.
Musiqaviy faoliyat bilan o‘yinlarni qo‘shib olib borilsa bolalarning
obrazli fikrlashi va obrazli xotirlash harakat, malaka ko‘nikmalarini
yaxshi rivojlantiradi. Bu har ikkala psixologik-parallel rivojlanish
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarning o‘yin dunyosi xilma-xildir. O‘yin bobida ular
ijodkordir. Ammo musiqaviy faoliyatning o‘yin bilan birga bog‘lab
olib borish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bunda tarbiyachi dasturga
tayangan bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ish
ko‘rishi lozim. Bola musiqa va o‘yin jarayonida o‘zining ehtiyoj va
qiziqishlarini aks ettiradi.


98
Oilada va bolalar bog‘chasida olib boriladigan musiqaviy faoliyatni
tashkil etish vazifalari quydagilardan iborat:
1. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga
orgatish.
2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda
emotsional his-tuyg‘ular hosil qilish yoli bilan ularning musiqa
haqidagi tasavvurini boyitib borish.
3. Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish,
tinglash, ashula aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish
va bolalarda oddiy musiqa asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini
hosil qilish va ijodiy qobiliyatlarini o‘strib borish.
Bolalarning yoshi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, oila
tarbiyachisi xonani jihozlar bilan to‘g‘ri ta’minlashi lozim. Albatta
xonada musiqaviy asboblar, turli xildagi musiqaviy adabiyotlar bo‘lishi
kerak, chunki bola har bir musiqa asbobining tarixi, uning kelib chiqishi
hamda adabiyotdagi tovushlarning yo‘nalishlarini bilishi kerak. Oilada
musiqaviy faoliyatni tashkil etishda musiqaviy repertuarlar tanlashi,
xalq o‘yinlaridan o‘rinli foydalanish katta ahamiyatga ega. Xaql o‘yinlari
oila hayotida eng muhum va tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib,
tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga keltiradi. Bolalarni
badiiy didini tarbiyalaydi. Oilada tashkil etilgan bayram ertaklari
umumxalq bayramlarining bir parchasi bo‘lishi kerak. Bunda bolalarning
yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda xalq o‘yinlaridan
foydalanamiz.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling