Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi
Bog‘cha mudirasi: – Aziz farzandlarim! Ulug‘ bayramingiz –
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman! Xabaringiz bormi – bog‘chamizga chet ellik mehmonlar kelar ekan. Sizlar mezbon, ularni kutib olasizlar. Tarbiyachi: – Mehmon kutishni eplarmikanmiz? Qanday bo‘larkan? Biz bayramga atab raqs va qo‘shiqlardan chiroyli musiqali guldasta tayyorlagan edik. Shu tomoshani namoyish etsak, degandik. Mudira: – Juda yaxshi! Konsert dasturingizni mehmonlar e’tiboriga havola etasizlar. Respublikamiz hayoti, azim shaharlari, aziz insonlari haqida bilganlaringizni aytib berasizlar. (Mudira chiqib ketadi). Tarbiyachi: – Bolalar, sizlar nima deysizlar? 1-Bola: – Opajon, men yod olgan she’rimni o‘qib bersam maylimi! (she’r o‘qiydi). 2-Bola: – Do‘stlarim bilan birga xalq laparini ijro etaman, keling o‘rtaga jo‘ralar! («Yallalo-yallo» lapari ijro etiladi). Mudira: – (kirib). Qani, mezbonlar, mehmonlarni kutib oling! 101 (Musiqa mehmonxonasiga arab, turk, fransuz va amerikalik kichkintoylar kirib kelishadi. Bolalar chet tillardan birontasini o‘rganishgan bo‘lsa, o‘sha tilda salomlashadilar. Mezbonlar ularga iltifot ko‘rsatib o‘tirg‘izadilar). Tarbiyachi: – Hurmatli bolalar, ota-onalar, aziz mehmonlar! Bugun diyorimizning turli burchaklarida, maktab-bog‘chalarda, mahalla-xonadonlarda tantanali bayram – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanmoqda. Ishchi va dehqonlar, olim va quruvchilar, tikuvchi va shifokorlar – hammalari bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rib, sovg‘alar hozirladilar. Do‘stlarimiz ham bayramga tashrif buyurdilar, bu nur ustiga nur bo‘ldi. Bugun biz, istiqlolimizni. erkimizni, Mustaqilligimizni sharaflaymiz! «O‘zbekiston – quyoshli diyor» qo‘shig‘ini kuylaydilar. (K.Kenjayev musiqasi). Mehmonxonaga zangori bantik taqqan, oq futbolka va yashil yubka kiygan qizlar kirib kelishadi. Ular qo‘llarida yorug‘ yulduzchalar tutib, milliy bayrog‘imizdagi yulduzchalarni eslatib, qator bo‘lib turadilar. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling