Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


 Musiqa boshqa mashg‘ulotlar paytida


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

2. Musiqa boshqa mashg‘ulotlar paytida.
Og‘zaki nutqni rivojlantirish, atrof-muhitni tanishtirish
mashg‘ulotida ham musiqa muhim ahamiyatga ega. M: «Mushuk,
xo‘roz va tulki», «Zumrad va Qimmat» kabi ertaklarni aytib
berayotgan vaqtda personajlarni musiqaviy ifodalab beradi.
Musiqa bolalarda obrazlarning asosiy xarakterini yetkazib berishga
yordam beradi, yoshlik taassurotlarini boyitadi. Masalan,
D.Kabalevskiyning «Masxarabozlar» pyessasini gramzapisda
mashg‘ulot boshida tinglashadi va mashg‘ulot davomida rasmdagi
masxarabozni bolalar o‘zicha quvnoq, kulgili holda talqin etadilar.
A.S.Pushkinning «Shox saltan haqida ertak» qahramonlarini
yanada yaxshiroq o‘rganish maqsadida mashg‘ulotdan oldin
N.Rimskiy-Korsakovning «Dengiz», «Olmaxon» operasidan ayrim
musiqaviy elementlar eshittirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3. Bolalar o‘yinlarida musiqa.
Bolalarning turlicha o‘yin mashqlarida musiqalardan foydaniladi.
Bolalar o‘zlari o‘rgangan «musiqa mashg‘ulotlari», «konsert»larda
raqsga tushadilar, ashula aytadilar.Bunday o‘yinlarda tarbiyachi
bolalarga ro‘llarni bo‘lib beradi, har xil musiqalarni topib beradi.
Bolalar tariyasida musiqaviy-didaktik o‘yinlar katta rol o‘ynaydi.
Ulardan ayrimlari mashg‘ulotlar vaqtida o‘rganiladi. O‘yinlar
musiqaviy qobilyatni, fikrlashni oshiradi. Tarbiyachi yoki guvernor
bolalarning kundalik hayotida olgan bilimlarini mashg‘ulotlarda
takrorlaydi, ularni yangi musiqaviy-didaktik o‘yinlar bilan
tanishtirib boradi.
Tarbiyachi bolalarni har xil musiqaviy asboblar bilan tanishtirib
boradi. Masalan, tarbiyachi bolalarni har xil musiqaviy asboblar
qo‘yilgan stol atrofiga o‘tqizadi va bolalarni birma-bir chaqirib,
asboblarning nomini so‘raydi, tarbiyachining o‘zi musiqa chalib
beradi va qaysi musiqaviy asbobda chalganini bolalardan so‘raydi.


97
Musiqa maktabgacha yoshdagi bolalarda pedagogning tashkilotchi
organizatorlik faoliyatiga bog‘liq.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Musiqaviy faoliyat tashkil etishda va jihozlash ishlariga qnday
e’tibor berishimiz kerak?

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling