92
Boshlovchi: Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga binoan,
1997-yil 1-oktabrni «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» –
umumxalq bayrami, deb e’lon qilindi. Bolajonlar,
ustoz deganda
ko‘z oldingizga qanday insonlar namoyon bo‘ladi?
Bola: Bizlarga odob va axloqni o‘rgatuvchi opamiz.
Bola: Bizlarga turli xildagi aqliy va milliy o‘yinlar o‘rgatuvchi
opamiz.
Bola: Ular bizga tinmay bilim beradilar, hisob – kitobni
o‘rgatadilar.
Bola: Ulug‘larni eslashni,
Hikmatlarni yodlashni,
Vatanni e’zozlashni,
Ham qo‘ynida yayrashni,
Bulbul bo‘lib sayrashni,
O‘rgatadi opamiz.
Boshlovchi: Barakalla, juda to‘g‘ri topdingiz.
Ustoz ana shunday
ulug‘ zotdir. Bugun qalbimizdan ona kabi joy olgan ustozlarga qancha
shirin so‘zlar, she’rlar aytsak, shuncha kam.
Bola: Assalom, aytamiz sizga azizlar!
Ming kalom aytamiz, sizga ustozlar.
Assalom so‘ziday aziz bo‘lingiz,
Eng quvnoq, eng shodon inson bo‘lingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: