Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Bolalarning MTM da
musiqiy faoliyatini tashkil etish va jihozlash
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy tarbiyasi va
rivojlanishi mashg‘ulotlarda, kundalik hayotda takomillashadi.
Bolaning o‘zidagi musiqaga bo‘lgan qiziqishini tarbiyachi yoki
guvernor musiqani bolaning kundalik hayotida ertalabki badantar-
biyada, mashg‘ulotda aniq qilib beradi. Tarbiyachi yoki guvernor
bolalar hayotini shunday tashkillashtirishi kerakki, ular turli xil
qiziqarli bo‘lishi shart. O‘qitish jarayonida olgan bilimlarini esa
bolalar hayotida mustaqil bajara olsinlar. Shu maqsadda pedagog,
musiqa bolalar hayotida o‘z o‘rnida ishlata olishni yo‘llarini o‘ylab
topishi kerak.
Shunday lahzalarni ko‘rib chiqamiz:
1. Sayr vaqtida musiqa.
Musiqa har xil holatda bolalarga har xil ta’sir qilishi mumkin.
Masalan, O‘rmon yo‘laklarida shodon qadam tashlab kelayotgan
bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan sho‘x-shodon kayfiyatda kuylab
borishmoqda. Atrofni kuzatish paytida musiqa atrof-muhitni yanada
go‘zal qilib ko‘rsatadi, atrof-muhitga yanada qiziqish uyg‘otadi.
Shunday holatlarda maydonchada bolalar chumchuqlarga non
ushoqlarini berib boqqanda, ularning diqqatini sho‘x bir
chumchuqcha tortadi, u boshini aylantirib, oyoqlarida u yoq bu
yoqqa quvnoq sakraydi. Tarbiyachi B.Giyenkonig «Chumchuq»
ashulasini aytadi. «Chiriq-chiriq, chirq-chiriq, bo‘g‘otda sayrar
chumchuq». Bu qo‘shiqni bolalar musiqa mashg‘ulotidan oldin
eshitganlar, endi esa tarbiyachi tomonidan ijro etilgan qo‘shiq


95


96
bolalarga boshqacha ta’sir etdi. Ularning kayfiyati ko‘tarildi, ular
kuzatayotgan narsalarga qiziqish yanada kuchaydi. Navbatdagi
musiqa mashg‘ulotida balalar bir-biriga navbat bermasdan musiqa
rahbariga ko‘rgan narsalarini aytib berishdi va ularga berilgan ashulani
tanishdi va so‘zlarini tezlik bilan yodlay boshlashdi.
Har qanday musiqa o‘yinlari oldindan rejalashtirilgan bo‘lishi
kerak.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling