99
takrorlaydi, ularni yangi musiqiy-didaktik o‘yinlar bilan tanishtirib
boradi.
Oila tarbiyachisi bolalarni har xil musiqaviy asboblar bilan
tanishtirib boradi va bolalarni har xil musiqaviy asboblar qo‘yilgan
stol atrofiga o‘tqizadi.
Bolalarni birma-bir chaqirib, asboblarning
nomini so‘raydi, tarbiyachi musiqa chalib beradi va qaysi musiqaviy
asbobda chalganini bolalardan so‘raydi.
Musiqaviy ta’lim berish
jarayonida musiqa tinglash, kuylash,
musiqa savodini o‘rgatish, raqs tushish, cholg‘u asboblarini chalish
hamda musiqa ijodkorligi kabi bilimlarni
berish har tomonlama
kamolga yetishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Oila tarbiyasida musiqa orqali tarbiyalashda nimalarga e’tibor
berish kerak?
2. Oila tarbiyachisi xonani qanday jihozlar bilan jihozlashi kerak?