102
nomlarini eslagan buyuk siymolar – bolalar birin-ketin musiqali
mehmonxonaga kirib keladilar). Beruniy, Al-Xorazmiy, Farg‘oniy,
Forobiy,
Ibn Sino, Bobur, Mashrab, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin
Naqshband,
Najmiddin Kubro, imom Buxoriy, at-Termiziy... (bu
yerda shu hududda tug‘ilgan shaxslarni yodga olish mumkin). Bolalar
ularni odob bilan o‘rinlaridan turib, ta’zim
bajo keltirib kutib oladilar,
hurmat ila davraga o‘tqazadilar.
1-bola: – Bugun biz barcha bayramlar ichra eng e’zozlisi –
O‘zbekiston Mustaqilligini shodon nishonlaymiz!
2-bola: – Farzand bo‘lib maqtayman,
Xursand bo‘lib maqtayman!
Shu o‘lka suvin ichdim,
Dilband bo‘lib maqtayman!
Onajon, O‘zbekiston!
Jonajon, O‘zbekiston!
(P.Mo‘min)
O‘zbekiston haqida she’rlar o‘qiladi.
Qo‘shiq va raqslar ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: