80
O‘yinning mazmuni: o‘yinda 15-20 ta bola ishtirok etadi. 4 bola
lenta tortib, «qamishzor» hosil qiladi. O‘ynovchilardan «Laylak»
saylanadi, qolganlari «Baqa» bo‘lishadi.
Laylak qamishzorga yaqin
joyda, «Baqa»lar qamishzorda bo‘ladilar va sakrab-sakrab o‘ynaydilar.
Boshqaruvchining ishorasi bilan «Laylak» qamishzorga kiradi va
«Baqa»larni tuta boshlaydi. «Baqa»lar
lenta ustidan sakrab,
qamishzordan qochadilar. Qo‘lga tushgan «Baqa»larni «Laylak» o‘zi
bilan olib ketadi.
O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar
qatnashadilar. Ular aylana bo‘lib, chordona qurib o‘tiradilar.
Boshqaruvchi aylana tashqarisidagi bolalar
bir-birlariga uzatayotgan
choponni yulqib olishlari kerak. Choponni berib qo‘ygan bola o‘rtaga
turib raqsga tushishi yoki she’r aytishi kerak. So‘ng bu bola
boshqaruvchi bo‘ladi. O‘yin shu tariqa davom etadi.
Baqa bilan laylak
(o‘zbek xalq o‘yini)
Chamanda gul
(o‘zbek xalq kuyi)